Eron AQSH bilan urushda bir necha yil davomida mudofaada turishga tayyorligini maʼlum qildi

Islom Respublikasi Oliy rahnamosining vakili Abdul Majid Hakim Ilohiy Eron boshqa tomonga boʻyin egmasligini yoki mamlakat va oʻz huquqlarini topshirib qoʻymasligini taʼkidladi.

09:36 14.04.2026
Xorazm viloyatida aholi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish masalalari oʻrganildi

Oʻrganish yakunida bildirilgan taklif va tashabbuslarni tizimli ravishda koʻrib chiqish hamda ularni bosqichma-bosqich amalga oshirish imkoniyatlari muhokama qilindi.

09:27 14.04.2026
Fargʻonada ayollarni Rossiyaga fohishalikka yuborayotgan shaxslar ushlandi

Hozirda mazkur holat yuzasidan ushbu jinoiy guruh aʼzolariga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

23:05 13.04.2026
Toshkentda oʻzganing yukini Istanbuldan olib kelayotgan yoʻlovchi narkotik bilan ushlandi

Parvoz oldidan Turkiyada notanish shaxsning sumkasini uning iltimosiga binoan 35 dollar evaziga Toshkentga olib kelgan yoʻlovchi ushbu sumkada nima borligiga qiziqib ham koʻrmagan.

22:30 13.04.2026
Markaziy bank 20 ta bankka nisbatan jarima sanksiyalari qoʻlladi

Shuningdek, 89 ta mikromoliya tashkiloti va 79 ta lombardga nisbatan ham jarima sanksiyalari joriy qilingan.

21:59 13.04.2026
Moliyaviy jarimalarni qoʻllash tartibini liberallashtirish va sud nazoratini kuchaytirish masalalari muhokama qilindi

Prezident Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlik subyektlariga nisbatan moliyaviy jarimalarni qoʻllash tartibini yanada liberallashtirish, bu borada ortiqcha byurokratik toʻsiqlarni qisqartirish hamda davlat organlari va mansabdor shaxslar faoliyati ustidan sud nazorati samaradorligini oshirishga qaratilgan takliflar taqdimoti bilan tanishdi.

20:27 13.04.2026
Oʻzbekistonda oziq-ovqat tizimlariga asoslangan sogʻlom va barqaror ovqatlanish boʻyicha tavsiyalarni ishlab chiqish jadallashmoqda

Toshkent shahrida “Oʻzbekistonda oziq-ovqat tizimlariga asoslangan sogʻlom ovqatlanish boʻyicha tavsiyalarni (FSBDGs) ishlab chiqishni jadallashtirish” mavzusida texnik seminar boʻlib oʻtdi. Unda davlat organlari, ilmiy-tadqiqot muassasalari va rivojlanish boʻyicha hamkorlar vakillari ishtirok etib, barqarorlik tamoyillariga mos, ilmiy asoslangan ovqatlanish boʻyicha tavsiyalarni ishlab...

20:05 13.04.2026
Oʻzbekistonda 652 ming gektarda zararli chigirtka tarqalishi prognoz qilingan

Shu bois, chigirtka va tut parvonasiga qarshi kurash xizmati hozirgi kunda 24/7 rejimida faoliyat olib bormoqda.

19:54 13.04.2026
Oʻzbekistonda uch oyda 80 ta uyushgan jinoiy guruh aniqlandi

Joriy yilning yanvar-mart oylarida uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish yoʻnalishida jami 670 ta jinoyat fosh etilgan.

19:44 13.04.2026
Oʻzbekistonda 2026-yilning uch oyida 346 ta YTH oʻlim bilan tugagan

Joriy yilning yanvar-mart oylarida respublikada 1 102 ta yoʻl-transport hodisasi sodir boʻlgan.

19:06 13.04.2026
Toshkentda madaniyat sohasidagi islohotlar va “Arda” filmi taqdimoti muhokama qilindi (+fotoreportaj)

Madaniyat vazirligida oʻtkazilgan matbuot anjumanida soʻnggi yillarda madaniyat va sanʼat sohasida amalga oshirilgan islohotlar hamda sunʼiy intellekt asosida yaratilgan “Arda” hujjatli filmi taqdimoti yuzasidan maʼlumot berildi.

19:01 13.04.2026
Peshagʻorda bir qarich yerdan uch marta hosil olinmoqda

Jizzaxdan Zominga qarab yurganlar yaxshi bilishadiki, bundan atigi besh yoki olti yil oldin adirlik va qirlardan iborat.

17:25 13.04.2026
Senator boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan Surxondaryoda ijtimoiy masalalar oʻrganildi

Surxondaryo viloyatining Oltinsoy, Shoʻrchi, Qumqoʻrgʻon va Jarqoʻrgʻon tumanlarida aholini oʻylantirayotgan dolzarb ijtimoiy muammolar joyiga chiqqan holda oʻrganildi.

17:08 13.04.2026
Dala chetlarida qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish tizimi takomillashtiriladi

Qonun (OʻRQ–1128-son, 13.04.2026-y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritildi.

17:00 13.04.2026
Kuzda yigʻilgan hosil bahorgacha qayta ishlanmoqda

Bir paytlar Mirishkor tumani haqida gap ketsa, faqat paxta va gʻalla yetishtirishga ixtisoslashib qolgan, iqtisodiy imkoniyatlari cheklangan bir hudud gavdalanardi.

15:54 13.04.2026
Bino va inshootlarni qurish yuzasidan xususiy qurilish nazoratini amalga oshirish tartibi belgilandi

Hukumat qarori (167-son, 13.04.2026-y.) bilan “Yakka tartibdagi uy-joylar hamda kichik hajmdagi noturar bino va inshootlarni qurish hamda rekonstruksiya qilish ishlari yuzasidan xususiy qurilish nazoratini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom tasdiqlandi.

15:31 13.04.2026
Afgʻoniston va Oʻzbekiston 520 million dollarlik yangi savdo shartnomalarini imzoladi

Afgʻonistonning yetakchi “TOLOnews” axborot agentligi elektron nashrida ikki mamlakat oʻrtasidagi iqtisodiy aloqalarning yangi bosqichiga bagʻishlangan tahliliy maqola chop etildi.

15:06 13.04.2026

Yangiliklar taqvimi

Кластер