Kuzda yigʻilgan hosil bahorgacha qayta ishlanmoqda

15:54 13 Aprel 2026 Jamiyat
220 0

Bir paytlar Mirishkor tumani haqida gap ketsa, faqat paxta va gʻalla yetishtirishga ixtisoslashib qolgan, iqtisodiy imkoniyatlari cheklangan bir hudud gavdalanardi.

Biroq soʻnggi yillarda tumanni har tomonlama taraqqiy ettirish maqsadida bir qator ijtimoiy-iqtisodiy dasturlar qabul qilinib, ular doirasida tizimli ishlar olib borildiki, natijada Mirishkor sanoatlashgan, yildan yilga eksport salohiyati oshib borayotgan hududlardan biriga aylanib bormoqda. Xususan, bugun Mirishkorga kelgan kishi bu chekka hududda ham oʻnlab zamonaviy ishlab chiqarish korxonalari qad rostlaganining guvohi boʻladi.

Ana shunday quvvatlardan biri “Temur hamkor plast” masʼuliyati cheklangan jamiyatining pomidorni qayta ishlash korxonasi hisoblanadi. Umumiy qiymati 3,5 million dollarni tashkil etgan korxonada yiliga 1,5 ming tona pomidorni qayta ishlab, tomat pastasi, pomidor sharbati va ketchup mahsulotlari tayyorlash imkoni mavjud.

— Korxonamiz 2024-yilda ishga tushirilgan edi, — deydi jamiyat rahbari Oʻtkir Umarov. — Oʻtgan yilgi mavsumdan esa yetarli xom ashyo zaxira qilib, toʻliq quvvat bilan ishga kirishdik.

Eʼtiborli tomoni, korxona tomonidan yoz va kuzgi mavsumda mahsulot yetishtiruvchilardan shartnoma asosida qabul qilinib, dastlabki qayta ishlangan xom ashyo maxsus idishlarga joylangan. Bu uni uzoq vaqt sifatli hamda qulay saqlash imkonini bermoqda.

Qish va bahor oylarida esa zaxiralangan xomashyo keyingi bosqichda qayta ishlanib, bozor talabidan kelib chiqqan holda qadoqlanib, isteʼmolchilarga yetkazib berilyapti. Natijada korxonaning barqaror ishlashini taʼminlash bilan bir qatorda, mahsulot tannarxining oshib ketmasligini taʼminlashga ham erishilyapti.

Jahongir BOYMURODOV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер