Amir Temur xotirasiga yuksak ehtirom koʻrsatildi
Foto: Yunus Boʻriyev / “Xalq soʻzi”
Bugun, 9-aprel kuni poytaxtimizdagi Amir Temur xiyobonida buyuk davlat arbobi, yengilmas sarkarda, ilm-fan, madaniyat va sanʼat homiysi Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan tantanali marosim boʻlib oʻtdi.

Unda Unda madaniyat va sanʼat sohasi vakillari, davlat tashkilotlari mutasaddilari, turli vazirlik va idoralar, jamoat vakillari, xorijlik mehmonlar hamda yoshlar ishtirok etdi.



Tadbir davomida ulugʻ sarkarda, markazlashgan davlat asoschisi, ilm-fan va bunyodkorlik homiysi sifatida tarixda oʻchmas iz qoldirgan Amir Temur haykali poyiga gulchambar qoʻyildi.



Tadbir davomida taʼkidlanganidek, Amir Temurning ulkan tarixiy merosi bugungi kunda ham Yangi Oʻzbekiston taraqqiyotida, yosh avlodni vatanparvarlik, fidoyilik va milliy gʻurur ruhida tarbiyalashda muhim manba boʻlib xizmat qiladi.


Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan oʻtkazilayotgan tadbirlar xalqimizning boy tarixiy merosiga boʻlgan eʼtibor va ehtiromning yana bir yorqin ifodasidir.
Muhsin Umurzoqov,
Yunus Boʻriyev, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston Respublikasi xalq artisti Farrux Zokirov ijodini keng targʻib qilish hamda yosh avlodga munosib yetkazish toʻgʻrisida
- Zakirov Farrux Karimovichni “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlash toʻgʻrisida
- Oʻzbekiston xalq artisti Farrux Zokirov sharaflandi
- Polsha bilan ikkinchi jahon urushi tarixi boʻyicha hamkorlik kengaytiriladi
- Eronda internet uzilishi 47 kundan beri davom etmoqda
- WSJ: Yevropa AQSHning NATOdan ehtimoliy chiqishiga qarshi zaxira mudofaa rejasini ishlab chiqmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring