Oʻzbekistonda 2026-yilning uch oyida 346 ta YTH oʻlim bilan tugagan

19:06 13 Aprel 2026 Jamiyat
315 0

Illyustrativ foto

Oʻzbekistonda 2026-yilning yanvar-mart oylarida 1 102 ta yoʻl-transport hodisasi sodir boʻldi. Bu haqda joriy yilning 11-aprel kuni oʻtkazilgan matbuot anjumanida Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari — Tergov departamenti boshligʻi Ramazon Ashrapov maʼlum qildi.

Bildirilishicha, uch oy davomida respublikada 1 102 ta yoʻl-transport hodisasi sodir etilgan boʻlsa, ularning 31,4 foizi (346 ta) inson oʻlimi bilan yakunlangan.

Ashrapovning qayd etishicha, YTHlarga asosan quyidagi holatlar sabab boʻlgan:

• 13,6 foizi haydovchilar tomonidan piyodaga yoʻl bermaslik;

• 32,9 foizi belgilangan tezlikka rioya qilmaslik;

• 4,2 foizi haydovchini harakat vaqtida uxlab qolishi;

• 22,4 foizi svetoforning talablariga amal qilmaslik.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер