Madyar Vengriyaning yangi rahbariyati Ukrainaga beriladigan 90 mlrd yevrolik kreditni bloklamasligini maʼlum qildi
Vengriyadagi parlament saylovlarida gʻalaba qozongan “Tisa” partiyasi yetakchisi Peter Madyar Ukrainaga 90 milliard yevro miqdorida kredit ajratilishiga toʻsqinlik qilmasligini bildirdi. Uning soʻzlaridan Forbes iqtibos keltirmoqda.
Madyar Vengriya ushbu kreditni moliyalashtirishda qatnashmasligini, biroq Yevropa Ittifoqining boshqa davlatlariga buni amalga oshirishga ruxsat berishini alohida qayd etdi.
U Bosh vazir Viktor Orban boshchiligidagi “Fides” partiyasi hukumati Vengriyani kredit shartnomasidan chiqarib tashlashga erishganini eslatib oʻtdi.
“Hozir bu masalani nega qayta ochish kerakligini tushunmayapman”, — dedi Madyar.
Shuningdek, Peter Madyar Ukrainadagi murakkab iqtisodiy vaziyatga eʼtibor qaratib, Kiyev yangi qarzlar olishga qurbi yetmasligini taʼkidladi.
Bundan tashqari, u mamlakat hududidagi harbiy harakatlar tufayli Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga tezlashtirilgan tartibda aʼzo boʻlishini qoʻllab-quvvatlamadi. Uning soʻzlariga koʻra, u muzokaralar olib borgan YI yetakchilari ham xuddi shunday pozitsiyada. Madyar Ukraina ham boshqa davlatlar kabi aʼzolik yoʻlini bosib oʻtishi kerak deb hisoblaydi, biroq bu yaqin oʻn yil ichida amalga oshmaydi.
Peter Madyar vengriyalik saylovchilarning qarorini hurmat qilgani uchun Rossiyaga minnatdorchilik bildirdi. Uning soʻzlariga koʻra, Budapesht pragmatik hamkorlik uchun ochiq.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston Respublikasi xalq artisti Farrux Zokirov ijodini keng targʻib qilish hamda yosh avlodga munosib yetkazish toʻgʻrisida
- Zakirov Farrux Karimovichni “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlash toʻgʻrisida
- Oʻzbekiston xalq artisti Farrux Zokirov sharaflandi
- Polsha bilan ikkinchi jahon urushi tarixi boʻyicha hamkorlik kengaytiriladi
- Eronda internet uzilishi 47 kundan beri davom etmoqda
- WSJ: Yevropa AQSHning NATOdan ehtimoliy chiqishiga qarshi zaxira mudofaa rejasini ishlab chiqmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring