Zakirov Farrux Karimovichni “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlash toʻgʻrisida

21:38 15 Aprel 2026 Siyosat
323 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni

Oʻzining noyob isteʼdodi, samarali ijodiy faoliyati bilan zamonaviy oʻzbek qoʻshiqchilik sanʼatini rivojlantirish, xususan, milliy estrada ijrochiligini yangi bosqichga olib chiqishga qoʻshgan beqiyos hissasi, madaniyatimiz shuhratini dunyo xalqlari oʻrtasida keng targʻib etish, boy maʼnaviy merosimizni asrab-avaylash borasidagi ulkan xizmatlari, shuningdek, “Yalla” ansambliga asos solib, uni xalqaro miqyosda tan olingan nufuzli ijodiy jamoaga aylantirgani, yosh iqtidor egalarining qobiliyatlarini roʻyobga chiqarish, navqiron avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash yoʻlidagi ibratli ishlari hamda tavalludining 80-yilligi munosabati bilan “Yalla” ansambli badiiy rahbari Zakirov Farrux Karimovich “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlansin.

 

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti

Sh.Mirziyoyev

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?