Eronda internet uzilishi 47 kundan beri davom etmoqda

21:11 15 Aprel 2026 Dunyo
276 0

Eronda internet aloqasi 1 100 soatdan ortiq vaqt davomida deyarli butunlay yoʻqolgan. Bu haqda NetBlocks maʼlumotlariga tayanib TASS xabar bermoqda.

“Eronda internetning oʻchirilishi 47 kundan beri davom etmoqda, 1 104 soat xalqaro aloqasiz oʻtdi”, — deyiladi xabarda.

Avvalroq, Erondagi ushbu blokada butun mamlakat miqyosida dunyodagi kuzatuvlar tarixidagi eng uzoq davom etgan uzilish boʻlgani xabar qilingan edi.

Bundan oldin Amerika yetakchisi Donald Tramp AQSH Eronni bombardimon qilishni ikki haftaga toʻxtatishini maʼlum qilgan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?