OʻzPFL Superliganing 2024-yilgi mavsum ramziy terma jamoasini oʻzgacha uslubda eʼlon qildi (+video)
Oʻzbekiston Professional futbol ligasi Superliganing 2024-yilgi mavsum ramziy terma jamoasini eʼlon qildi.
Maʼlum qilinishicha, mazkur rolik Gazeta.uz nashri hamda Toshkent shahar IIBB YHXB bilan hamkorlikda tayyorlangan. U har yilning 17-noyabr kuni BMT tomonidan yodga olinadigan Butunjahon yoʻl transport hodisasi qurbonlarini xotirlash kuniga bagʻishlangan.
“Afsuski, soʻnggi vaqtlarda yurtimizda koʻplab insonlar yoʻl-transport hodisasi tufayli jabrlanmoqda. BMT Bosh Assambleyasining rezolyutsiyasiga koʻra, noyabrning uchinchi yakshanbasi — Butunjahon yoʻl harakati qurbonlarini xotirlash kuni sifatida belgilangan. Liga Superliga ramziy terma jamoasini ushbu tarzda eʼlon qilish orqali, yoʻllarda harakatlanuvchi barchani hushyorlikka va yoʻl harakati qoidalariga qatʼiy rioya qilishga chorlaydi”, deyiladi xabarda.
Oʻzbekiston Professional futbol ligasi Superliganing 2024-yilgi mavsum ramziy terma jamoasi:
Abduvohid Neʼmatov (“Nasaf”);
Sunnatilloh Hamidjonov (“Surxon”);
Vladimir Bubanya (“Andijon”);
Oleg Zoteyev (“Soʻgʻdiyona”);
Akmal Mozgovoy (“Nasaf”);
Jurani Ferreyra (“Dinamo”);
Vladimir Yovovich (“Soʻgʻdiyona”);
Anvarjon Hojimirzayev (“Dinamo”);
Lyupcho Doriyev (“Soʻgʻdiyona”);
Dragan Cheran (“Paxtakor”);
Zoran Marushich (“Nasaf”).
Ramziy terma jamoa bosh murabbiyi sifatida esa Roʻziqul Berdiyev tanlab olingan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston Respublikasi xalq artisti Farrux Zokirov ijodini keng targʻib qilish hamda yosh avlodga munosib yetkazish toʻgʻrisida
- Zakirov Farrux Karimovichni “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlash toʻgʻrisida
- Oʻzbekiston xalq artisti Farrux Zokirov sharaflandi
- Polsha bilan ikkinchi jahon urushi tarixi boʻyicha hamkorlik kengaytiriladi
- Eronda internet uzilishi 47 kundan beri davom etmoqda
- WSJ: Yevropa AQSHning NATOdan ehtimoliy chiqishiga qarshi zaxira mudofaa rejasini ishlab chiqmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring