Sirdaryoda tadbirkordan 7,5 ming dollar talab qilgan sudya va bank xodimi qoʻlga olindi
Sirdaryo viloyatida Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Prokuratura organlari va Sudyalar oliy kengashi bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda yirik miqdordagi pora bilan bogʻliq jinoyatga chek qoʻyildi. Bu haqda DXX matbuot xizmati xabar bermoqda.
Maʼlum boʻlishicha, Sirdaryo viloyat sudining iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼati sudyasi oʻzining ish yurituvida boʻlgan daʼvo ishini ijobiy hal qilib berish evaziga tadbirkordan pul talab qilgan. Gap mahalliy tadbirkor tomonidan Guliston shahrida qurilgan koʻp qavatli bino boʻyicha kassatsiya tartibida koʻrilayotgan daʼvo ishi haqida bormoqda.
Sudya mazkur ish qonunan tadbirkor foydasiga hal boʻlishini oldindan bilgan boʻlsa-da, “Agrobank” ATB Guliston filialining mansabdor xodimi (oʻzining yaqin aloqasi) orqali tadbirkordan 7500 AQSH dollari talab qilgan.
Oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida bank mansabdori soʻralgan puldan 5500 AQSH dollarini vositachi sifatida qabul qilib olgan. Sud tomonidan tadbirkor foydasiga qaror eʼlon qilinganidan soʻng, bank xodimi sudyaga 3600 AQSH dollarini berayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan ushbu shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatma: DXX fuqarolardan shu kabi korrupsion holatlarga duch kelganda 1520 qisqa raqamiga xabar berishni soʻraydi. Maʼlumot bergan shaxslarning sir saqlanishi toʻliq kafolatlanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston Respublikasi xalq artisti Farrux Zokirov ijodini keng targʻib qilish hamda yosh avlodga munosib yetkazish toʻgʻrisida
- Zakirov Farrux Karimovichni “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlash toʻgʻrisida
- Oʻzbekiston xalq artisti Farrux Zokirov sharaflandi
- Polsha bilan ikkinchi jahon urushi tarixi boʻyicha hamkorlik kengaytiriladi
- Eronda internet uzilishi 47 kundan beri davom etmoqda
- WSJ: Yevropa AQSHning NATOdan ehtimoliy chiqishiga qarshi zaxira mudofaa rejasini ishlab chiqmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring