Tramp Eronga qarshi operatsiya yakunlanish arafasida ekanini aytdi

11:34 15 Aprel 2026 Dunyo
260 0

AQSH Prezidenti Donald Tramp Eronga qarshi harbiy operatsiya yakuniga yaqin qolgan deb hisoblaydi. Uning soʻzlaridan TASS iqtibos keltirmoqda.

“Menimcha, u yakunlanish arafasida. Men buni nihoyasiga juda yaqin deb koʻryapman”, — dedi Amerika yetakchisi Fox News telekanali boshlovchisi Mariya Bartiromo bilan suhbatda.

Trampning qoʻshimcha qilishicha, agar u nizoda harbiy bosimni yanada oshirganida, Islom Respublikasining qayta oyoqqa turishi uchun 20-yil kerak boʻlardi.

“Biz hali tugatganimiz yoʻq”, — deya qayd etdi u.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Donald Tramp agar Islom Respublikasi yadroviy ambitsiyalaridan voz kechmasa, Eron bilan hech qanday kelishuv amalga oshmasligini maʼlum qilgan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?