Xorazm viloyatida aholi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish masalalari oʻrganildi
Oliy Majlis Senatining Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Sayyora Abdikarimova boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan Urganch tumanida aholi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, hudud infratuzilmasini yanada takomillashtirish hamda fuqarolar farovonligini oshirishga qaratilgan masalalar oʻrganildi.
Oʻrganish davomida aholi turmush darajasini yanada yaxshilash, fuqarolarni qiynab kelayotgan dolzarb ijtimoiy muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi. Shuningdek, kam taʼminlangan hamda nogironligi boʻlgan fuqarolar holidan xabar olinib, ularning muammolari oʻrganildi.
Bundan tashqari, aholi, ayniqsa yoshlar uchun zamonaviy va qulay muhit yaratish, ularning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish masalalariga urgʻu berildi. Xususan, tumanda yangi saylgohlar barpo etish, fuqarolar uchun dam olish maskanlarini kengaytirish, zamonaviy istirohat bogʻlari tashkil etish yuzasidan taklif va mulohazalar bildirildi.
Oʻrganish yakunida bildirilgan taklif va tashabbuslarni tizimli ravishda koʻrib chiqish hamda ularni bosqichma-bosqich amalga oshirish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Senator tomonidan mahallalarda tomorqachilik va bogʻdorchilikni rivojlantirish ishlari oʻrganildi
- Yosh parlament aʼzolari forumida barqaror taraqqiyot va global hamkorlik masalalari koʻrib chiqildi
- Senator talaba qizlar bilan davlat xizmatida ayollar ishtirokini kengaytirish masalasini muhokama qildi
- Sudyalar oliy kengashi tarkibini saylash masalasi koʻrib chiqildi
- Senat qoʻmitasida kiberxavfsizlik va jinoyatchilikka qarshi yangi choralar koʻrib chiqilmoqda
- Pedagoglarga ayrim davlat xizmatlarini koʻrsatishda 50 foiz chegirma beriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring