Bino va inshootlarni qurish yuzasidan xususiy qurilish nazoratini amalga oshirish tartibi belgilandi
Hukumat qarori (167-son, 13.04.2026-y.) bilan “Yakka tartibdagi uy-joylar hamda kichik hajmdagi noturar bino va inshootlarni qurish hamda rekonstruksiya qilish ishlari yuzasidan xususiy qurilish nazoratini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom tasdiqlandi.
Xususiy qurilish nazorati obyektning quruvchisi va nazoratchi oʻrtasida tuziladigan shartnoma asosida amalga oshiriladi.
Xususiy qurilish nazorati buyurtmachining (mulkdor) ixtiyori bilan amalga oshiriladi.
Obyektlarda 1 oyda kamida 1-marta xususiy qurilish nazorati amalga oshiriladi.
Bunda oʻtkaziladigan har bir xususiy qurilish nazoratining muddati 1 ish kunidan oshmasligi shart.
Quyidagilar obyekt qurilishining asosiy bosqichlari hisoblanadi:
— bino va inshoot poydevorini qurish;
— poydevor qurish;
— asosiy koʻtarib turuvchi konstruksiyalarni qurish;
— devorlar va toʻsib turuvchi konstruksiyalarni qurish;
— tom yopish va boshqalar.
Obyekt buyurtmachisi qurilishning har bir bosqichi yakunlanishidan 2 kun avval xususiy qurilish nazoratchisini elektron va yozma shaklda xabardor qilishi lozim.
Xususiy qurilish nazoratchisi xabarnomani olgan kundan boshlab 1 ish kuni ichida qurilish obyektiga sertifikatlangan nazoratchini biriktiradi.
Xususiy qurilish nazoratchisi 5 ish kuni mobaynida ijobiy xulosa beradi yoki obyektni qoʻshimcha koʻzdan kechirib, belgilangan asoslar mavjud boʻlganda, ijobiy xulosa berishni rad etadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring