Eron AQSH bilan urushda bir necha yil davomida mudofaada turishga tayyorligini maʼlum qildi

09:36 14 Aprel 2026 Dunyo
252 0

Eron Oliy rahnamosining Hindistondagi vakili Abdul Majid Hakim Ilohiy bayonot berishicha, agar kerak boʻlsa, Islom Respublikasi AQSH bilan qarama-qarshilikda bir necha yil davomida oʻzini himoya qilishga tayyor. Uning soʻzlaridan TASS iqtibos keltirmoqda.

“Bilasizmi, bu urushni biz boshlamadik, biz uning tashabbuskori emasmiz. Ular bizga bu urushni majburan tiqishtirishdi va biz oʻzimizni himoya qila boshladik. Biz hamon himoyalanishga tayyormiz, hatto ikki, uch, besh yil davomida boʻlsa ham. Biz oʻz qadr-qimmatimizdan voz kechmoqchi emasmiz, boʻyin egmaymiz yoki mamlakatimizni va huquqlarimizni boshqa tomonga berib qoʻymaymiz”, — dedi u.

Eslatib oʻtamiz, 28-fevral kuni AQSH va Isroil Eronga qarshi harbiy operatsiya boshlagan edi.

Amerika yetakchisi Donald Tramp 7-aprel kuni Eron bilan ikki haftalik oʻzaro oʻt ochishni toʻxtatish kelishuvini eʼlon qilgandi.

Oʻtgan dam olish kunlari Eron va AQSH Pokistonning Islomobod shahrida bir necha bosqichli muzokaralar oʻtkazdi. Bir qator ziddiyatlar tufayli tomonlar nizoni uzoq muddatli hal etish masalasida kelishuvga erisha olmadilar.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер