Oʻzbekistonda 652 ming gektarda zararli chigirtka tarqalishi prognoz qilingan
Illyustrativ foto
Oʻzbekistonning 7 ta viloyatida kimyoviy zararli chigirtkalarga qarshi kurash davom etmoqda, Fargʻona viloyatida esa mavsumga tayyorgarlik koʻrilmoqda, deb xabar bermoqda Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi.
Qayd etilishicha, joriy yil 13-aprel holatiga koʻra, respublikaning 88 ming 699 gektar maydonida monitoring olib borilgan. Shuningdek, 51 ming 860 gektarda kimyoviy ishlov amalga oshirilgan.
Maʼlum qilinishicha, 2026-yilda kurash tadbirlariga 53 ta yuqori unumli purkagichli maxsus avtomashina, 194 ta purkagichli traktorlar, 1000 tadan ortiq motorli osma qoʻl purkagichi, 25 ta suv tashuvchi transport vositasi, 66 ta mototsikl shay holatga keltirilgan. Yoqilgʻi-moylash mahsulotlari va kimyoviy vositalar zaxiralari shakllantirilgan.
Kuzgi va bahorgi kuzatuvlar natijalariga koʻra, joriy yilda 651,8 ming gektar maydonda zararli chigirtka tarqalishi prognoz qilingan. Shu bois, chigirtka va tut parvonasiga qarshi kurash xizmati hozirgi kunda 24/7 rejimida faoliyat olib bormoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring