Fargʻonada ayollarni Rossiyaga fohishalikka yuborayotgan shaxslar ushlandi

23:05 13 Aprel 2026 Jamiyat
297 0

Fargʻona viloyatida ayollarni shahvoniy maqsadlarda foydalanish uchun chet elga yuborishga uringan shaxslar faoliyatiga chek qoʻyildi. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi.

Maʼlum boʻlishicha, Buvayda tumanida yashagan, hozirda Rossiyaning Nijniy Novgorod shahrida istiqomat qilayotgan ayol Qoʻshtepa tumanida yashovchi yigit va Fargʻona tumanidagi ayol bilan til biriktirib, ayollarni Rossiyaga yuborish bilan shugʻullangan.

Jinoiy guruh aʼzolari ayollarni yuqori daromad vaʼdasi bilan ishontirib, ularni shahvoniy maqsadlarda foydalanish uchun xorijga joʻnatishni rejalashtirgan. Fargʻona shahrida yashovchi 1982-yilda tugʻilgan ayol va Toshloq tumanida istiqomat qiluvchi 2004-yilda tugʻilgan qiz ushbu firibgarlik qurboniga aylangan.

Ular uchun elektron biletlar rasmiylashtirib, Toshkent xalqaro aeroporti orqali Rossiyaga joʻnatish rejalashtirilgan. Biroq IIB va DXX xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida ushbu jinoiy guruh fosh etilgan. Gumondorlar aeroportda roʻyxatdan oʻtish jarayonida qoʻlga olingan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 135-moddasi (odam savdosi) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер