Temuriylar Registonga qaytdi (fotolavha)
Bir marta boʻlsa ham oʻtgan asrlarda yashab koʻrishni xayolingizga keltirgan boʻlsangiz kerak. Masalan, XIV asr, Amir Temur davrida.
Ayni kunlarda samarqandliklar va shaharga kelgan sayohatchilar xuddi shu davrda yashamoqda. Ular Temur saltanati davriga shoʻngʻidi.
Amir Temur va Temuriylar saltanati davri liboslar koʻrgazmasi Bibixonim madrasasidan boshlanar ekan, bir paytlar Temur dunyoning yarmini poytaxt Samarqanddan turib boshqargani koʻz oldingizga keladi va oʻzingiz xohlamagan tarzda shu davr kishisiga aylanasiz.

Qoʻshin oldida ketayotgan otliqlar, piyoda askarlarning qadam tashlab, dadil yurishini koʻrib oʻzingizni goʻyo ular bilan birgalikda mamlakat mudofaasiga otlangan yoki biror bir uzoq yurishga shaylanganday sezasiz.
Saf tortganlar Registon maydoniga qarab yurmoqda… Amir Temurning yarim umri ot ustida oʻtgan boʻlsada, u mamlakatda ulkan binolar barpo etishni, ilm-fanga eʼtiborni susaytirmagan. Bir paytlar Temur tarixi qiruvchi, deya oʻrgatilgan, aslida quruvchi arbob ekanligiga guvoh boʻlasiz.
Temur qilichining bir uchi Yevropani ham zolimlardan himoya qilgani maʼlum. Shundan kelib chiqib aytish mumkinki, Temur tarixiga qiziqib Yevropadan kelgan sayyohlar ham qoʻshin orasida sekin, maʼnoli va ishonch bilan qadam bosib kelayotgan Amir Temurni koʻrib xayolan yetti asr burungi Samarqandni kezgan boʻlsa ajab emas.

Temur oldida esa saltanat va qurilish ishlarida doim maslahatchi boʻlgan Bibixonimni koʻrish mumkin.
Temuriylar Registonga kirib kelar ekan, moviy rangda aks etgan uch doirali saltanat bayrogʻi aprel havosida hilpiraydi. Bir tomondan Samarqandning yengil shabadasi…
Temur Tillakori madrasasi oldida nutq irod qilmoqda. Uning lashkaru safdoshlari maydonga tizilgan. Ularning qatorida esa sayyohlarni ham koʻrish mumkin. Temurning baland va qatʼiyatli nutqi ularni diqqat bilan tinglashga majbur qildi.

“Biz buyuk saltanat yaratdik, uni asrangiz, farzandlarim…”
Shuningdek, shu kunlarda Temuriylar poytaxtida Amir Temur shaxsiga bagʻishlangan respublika teatrlarining spektakllari namoyish etilmoqda. Oradan qariyb yetti asr oʻtdi, ayni yilda esa Amir Temur tavalludining 690 yilligi keng nishonlanmoqda.
Spektakllarni tomosha qilar ekanman, bu siymodan oʻrganadigan jihatlarimiz koʻp ekanligini yana bir marta oʻzimga tasdiqladim. Temurdan keyingi saltanatdagi tanazzulu sotqinliklar bizga dars va yoʻl-yoʻriq boʻlgay. “Kuch — adolatda” shiori esa doimiy eslatmadir.
Zero, moziyga qaytib ish koʻrmoq xayrlidir.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston Respublikasi xalq artisti Farrux Zokirov ijodini keng targʻib qilish hamda yosh avlodga munosib yetkazish toʻgʻrisida
- Zakirov Farrux Karimovichni “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlash toʻgʻrisida
- Oʻzbekiston xalq artisti Farrux Zokirov sharaflandi
- Polsha bilan ikkinchi jahon urushi tarixi boʻyicha hamkorlik kengaytiriladi
- Eronda internet uzilishi 47 kundan beri davom etmoqda
- WSJ: Yevropa AQSHning NATOdan ehtimoliy chiqishiga qarshi zaxira mudofaa rejasini ishlab chiqmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring