Eronda AQSH va Isroil bilan nizo paytida 3 mingdan ortiq kishi halok boʻldi

Mamlakat Sud tibbiyoti tashkiloti rahbari Abbos Masjadiy jasadlarning qariyb 40 foizini tanib olish imkonsiz boʻlganini maʼlum qildi.

21:15 09.04.2026
Amir Temur tavalludining 690 yilligiga bagʻishlangan esdalik tangalari sotuvga chiqarildi

Tangalar 999,9 probali oltin va kumushdan tayyorlangan boʻlib, kolleksion qiymatga ega.

21:03 09.04.2026
Ryutte: NATOning ayrim aʼzolari AQSHning Eronga qarshi operatsiyasida oʻz majburiyatlarini bajarmadi

Alyans bosh kotibining taʼkidlashicha, AQSH Prezidenti Donald Tramp NATO boʻyicha koʻplab ittifoqchilaridan hafsalasi pir boʻlgan.

20:53 09.04.2026
AQSH va Eron oʻrtasidagi muzokaralar qachon boshlanishi maʼlum boʻldi

Muzokaralar bir necha kun davom etishi kutilmoqda.

20:50 09.04.2026
Toshkentda Amir Temur merosiga bagʻishlangan xalqaro anjuman oʻz ishini boshladi

Nufuzli anjuman dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 300 nafardan ziyod olim va ekspertlarni birlashtirib, buyuk sohibqiron merosi hamda uning jahon sivilizatsiyasidagi oʻrnini muhokama qilish uchun yirik ilmiy maydonga aylanmoqda.

19:35 09.04.2026
Toshkentda “Lacetti” 38 yoshli piyodani urib ketdi

Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

19:05 09.04.2026
Oʻzbekiston va Afgʻoniston oʻrtasida 400 million dollarlik kelishuvlar imzolandi

Tomonlar geografik yaqinlikdan samarali foydalanib, uni kuchli iqtisodiy hamkorlikka aylantirishga intilmoqda.

18:36 09.04.2026
Elektron tijoratni rivojlantirish va bond omborlar faoliyatini takomillashtirish boʻyicha takliflar koʻrib chiqildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev elektron tijoratni rivojlantirish va bond omborlar faoliyatini yoʻlga qoʻyishga qaratilgan takliflar taqdimoti bilan tanishdi.

18:06 09.04.2026
“Yangi Oʻzbekiston bunyodkorlari” tanlovini oʻtkazish tartibi belgilandi

Joriy yilning 8-aprel kuni Hukumatning 152-son qarori bilan “Yangi Oʻzbekiston bunyodkorlari” kasbiy mahorat milliy tanlovini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida»gi nizom tasdiqlandi.

17:30 09.04.2026
Oʻzbekiston U-20 qizlar terma jamoasi chorak finalda

Tailandda boʻlib oʻtayotgan Osiyo kubogi musobaqasining guruh bosqichi yakunlandi.

16:55 09.04.2026
Zargarlik bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlarga QQSning bir qismini qaytarish tartibi belgilandi

Zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish va (yoki) ularni chakana sotish faoliyati bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlarga 2026-yil 1-yanvardan soliqning 80 foizi respublika byudjetidan qaytariladi.

16:25 09.04.2026
Namanganda yirik savdo doʻkonida yongʻin chiqdi

Yongʻinni bartaraf etish qariyb 25 daqiqa vaqt olgan. Hodisa oqibatida binoning 80 kv/metr joyi yonib zararlangan.

16:06 09.04.2026
“Amir Temur va temuriylar tamaddunining jahon tarixi va madaniyatidagi oʻrni va ahamiyati” mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiya ishtirokchilariga

Hurmatli anjuman qatnashchilari! Avvalo, buyuk davlat arbobi, yengilmas sarkarda, ilm-fan, madaniyat va sanʼat homiysi Sohibqiron Amir Temur va temuriylar tarixi hamda merosini oʻrganish va targʻib etishdek muhim ishga munosib hissa qoʻshib kelayotgan siz, azizlarni bugungi xalqaro ilmiy konferensiyaning ochilishi bilan...

15:48 09.04.2026
Oʻzbekistonliklar sogʻliqni saqlash xizmatlari uchun 2 oyda qancha mablagʻ sarflagan?

Milliy statistika qoʻmitasi shu yilning yanvar-fevral oylarida Oʻzbekistonda sogʻliqni saqlash sohasida koʻrsatilgan bozor xizmatlari hajmi toʻgʻrisida maʼlumot berdi.

15:30 09.04.2026
Texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktoriga oʻrinbosarlar tayinlandi

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktoriga ikki oʻrinbosar tayinlandi.

15:27 09.04.2026
Baxtiyor Saidov Pokiston tashqi ishlar vaziri bilan telefon orqali muloqot qildi

Suhbat davomida Oʻzbekiston Pokiston rahbariyatining saʼy-harakatlarini yuqori baholashi yana bir bor taʼkidlandi.

15:14 09.04.2026
Bokudan bosh sovrin bilan

Nurafshon shahri “Kelajak markazi” toʻgaragi aʼzolari Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida boʻlib oʻtgan xalqaro raqs festivalida bosh sovrinni qoʻlga kiritdi.

14:57 09.04.2026
Qoʻqonda 90 ming dollar qarzni tovlamachilik bilan 842 ming dollar qilib qaytarib olmoqchi boʻlganlar ushlandi

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, gumonlanuvchilarga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.

14:42 09.04.2026
Amir Temur tavallud topgan kun u barpo etgan saltanat poytaxtida ham keng nishonlanmoqda

9-aprel kuni xalqimizning buyuk tarixiy siymolaridan biri — Amir Temur tavallud topgan kun. Mazkur sana Sohibqiron saltanatining poytaxti hisoblangan Samarqand shahrida ham keng nishonlandi.

14:20 09.04.2026

Yangiliklar taqvimi

Кластер