“Yangi Oʻzbekiston bunyodkorlari” tanlovini oʻtkazish tartibi belgilandi

17:30 09 Aprel 2026 Hujjatlar
260 0

Nizomga koʻra, 16 yoshga toʻlgan va 30 yoshdan oshmagan texnikum oʻquvchilari, yoshlar, talabalar hamda band boʻlmagan aholi oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun “Yangi Oʻzbekiston bunyodkorlari” kasbiy mahorat milliy tanlovi oʻtkaziladi.

Nizomga koʻra, Kasbiy taʼlim agentligi tomonidan har yili 1-martga qadar (shu kuni ham) elektron platforma orqali tanlovda ishtirok etish uchun nomzodlar roʻyxatdan oʻtkaziladi.

Tanlovda:

• 1-bosqichda – yoshlar, talabalar va band boʻlmagan aholi orasidan har bir kasb kesimida mahallalardan 3 nafardan nomzod;

• 2-bosqichda – texnikum oʻquvchilari hamda tanlovning 1-bosqichida eng yuqori natija koʻrsatgan har bir kasb kesimida 1–3-oʻrin egalari;

• 3-bosqichda – tanlovning 2-bosqichida eng yuqori natija koʻrsatgan har bir kasb kesimida 1–5-oʻrin egalari ishtirok etadi.

Tanlov tegishli kasb boʻyicha moddiy-texnik bazasi mavjud boʻlgan texnikumlarda, ish beruvchi korxona (tashkilot)larda va IT-parklarda hamda moslashtirilgan maxsus poligonlarda oʻtkaziladi.

Tanlovning 3-bosqichi gʻoliblari va ularga biriktirilgan amaliyot ustozlari BHMning quyidagi miqdorlarida 1-martalik pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:

• 1-oʻrin (oltin medal) sohibiga – 20, amaliyot ustoziga – 100 baravari;

• 2-oʻrin (kumush medal) sohibiga – 15, amaliyot ustoziga – 80 baravari;

• 3-oʻrin (bronza medal) sohibiga – 10, amaliyot ustoziga – 60 baravari.

Tanlovning 3-bosqichi gʻoliblariga “WorldSkills International” tashkilotining “WorldSkills” xalqaro chempionatida ishtirok etish huquqi beriladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер