Amir Temur tavalludining 690 yilligiga bagʻishlangan esdalik tangalari sotuvga chiqarildi
Foto: Markaziy bank
Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligiga bagʻishlangan esdalik tangalari va suvenir toʻplamlari sotuvga chiqarildi. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, mazkur numizmatika namunalari milliy tariximizni ulugʻlash va boy madaniy merosimizni munosib qadrlash maqsadida zarb etilgan.
Sotuvda Amir Temur siymosi aks etgan, 31,1 g ogʻirlikdagi 2 xil dizayndagi esdalik tangalari va har biri 31,1 g boʻlgan 3 talik suvenir toʻplamlari mavjud boʻlib, ular 999,9 asillikdagi oltin va kumushdan tayyorlangan.
Tangalarda Sohibqiron siymosi va “Temur tuzuklari”dan hikmatlar zarb etilgan. Ular yuqori badiiy va kolleksion qiymatga ega hisoblanadi.
Qayd etilishicha, sotuv narxlari va banklardagi mavjudlik boʻyicha yangilangan maʼlumotlar regulyatorning rasmiy veb-sayti hamda ijtimoiy tarmoqlarida har kuni eʼlon qilinadi.

Taʼkidlanishicha, xalqaro qimmatbaho metallar bozori konyunkturasidan kelib chiqib, Markaziy bank tomonidan narxlar kun davomida qayta koʻrib chiqilishi mumkin.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring