Texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktoriga oʻrinbosarlar tayinlandi

15:27 09 Aprel 2026 Jamiyat
264 0

Lazizbek Saidoripov

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktoriga ikki oʻrinbosar tayinlandi. Bu haqda agentlik axborot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq, Lazizbek Furqatjonovich Saidoripov Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari lavozimiga tayinlangan.

Tayinlovga qadar u Oʻzbekiston Texnik jihatdan tartibga solish agentligi huzuridagi Oʻzbekiston Milliy Metrologiya instituti direktori lavozimida faoliyat yuritgan.

Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq, Joʻrabek Xolmirzayevich Shakarov Texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktorining oʻrinbosari lavozimiga tayinlangan.

Tayinlovga qadar u Vazirlar Mahkamasining Energetika, Geologiya va Togʻ-kon sanoati masalalari boʻlimining Texnik jihatdan tartibga solish masalalari boʻyicha bosh mutaxassisi lavozimida faoliyat yuritgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер