Toshkentda Amir Temur merosiga bagʻishlangan xalqaro anjuman oʻz ishini boshladi
Foto: Yunus Boʻriyev / “Xalq soʻzi”
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690-yilligiga bagʻishlangan “Amir Temur va Temuriylar tamaddunining jahon tarixi va madaniyatidagi oʻrni va ahamiyati” mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiya oʻz ishini boshladi.


Nufuzli anjuman dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 300 nafardan ziyod olim va ekspertlarni birlashtirib, buyuk sohibqiron merosi hamda uning jahon sivilizatsiyasidagi oʻrnini muhokama qilish uchun yirik ilmiy maydonga aylanmoqda.



Konferensiyaning ochilish marosimida maʼruzachilar Amir Temur va Temuriylar davrining davlatchilik anʼanasi, diplomatiyasi, harbiy sanʼati hamda ilm-fan va madaniyat taraqqiyotidagi oʻrnini yakdil eʼtirof etdi. Ayniqsa, oʻsha davrning Sharq Renessansi shakllanishidagi ahamiyati, jahon sivilizatsiyasiga koʻrsatgan taʼsiriga alohida eʼtibor qaratildi.


Yalpi majlis va shoʻba yigʻilishlarida davlat boshqaruvi va diplomatiya, harbiy strategiya, meʼmorchilik va shaharsozlik, ilm-fan va taʼlim rivoji kabi yoʻnalishlarda ilmiy maʼruzalar taqdim etilmoqda. Mutaxassislar Temuriylar davri merosini zamonaviy ilmiy yondashuv asosida oʻrganish masalasini ham muhokama qilmoqda.



Konferensiya yakunida muhim ilmiy tavsiyalar ishlab chiqilib, Temuriylar merosini chuqur oʻrganish va xalqaro miqyosda keng targʻib etishga qaratilgan qoʻshma tashabbuslar ilgari surilishi kutilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston Respublikasi xalq artisti Farrux Zokirov ijodini keng targʻib qilish hamda yosh avlodga munosib yetkazish toʻgʻrisida
- Zakirov Farrux Karimovichni “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlash toʻgʻrisida
- Oʻzbekiston xalq artisti Farrux Zokirov sharaflandi
- Polsha bilan ikkinchi jahon urushi tarixi boʻyicha hamkorlik kengaytiriladi
- Eronda internet uzilishi 47 kundan beri davom etmoqda
- WSJ: Yevropa AQSHning NATOdan ehtimoliy chiqishiga qarshi zaxira mudofaa rejasini ishlab chiqmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring