Namanganda yirik savdo doʻkonida yongʻin chiqdi
Videodan kadr
Namangan viloyati Kosonsoy tumanida joylashgan savdo doʻkonida yongʻin sodir boʻldi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, bugun, 9-aprel kuni soat 14:08 da “112” tizimidan Kosonsoy tumani Abdurahmon Jomiy mahalla fuqarolar yigʻini hududida joylashgan savdo doʻkonining tom qismida yongʻin boʻlayotgani haqida xabar kelib tushgan.
Xabarga asosan soat 14:12 da yongʻin qutqaruv ekipaji hodisa joyiga yetib borib, soat 14:16 da alangani oʻrab olgan va 14:36 da toʻliq oʻchirgan. Aniqlanishicha, hodisa oqibatida binoning 80 kv/metr joyi yonib zararlangan.
Yongʻin oqibatida kuyib tan jarohati olish holati boʻyicha maʼlumot kelib tushmagan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring