All

Oʻzbekiston va Qirgʻiziston oʻrtasida investitsiyaviy va sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish boʻyicha kelishuvlarga erishildi

Muzokaralar yakunida muhokama qilingan barcha tashabbus va loyihalar boʻyicha yaqin hamkorlikda ishlashni davom ettirishga oʻzaro sodiqlik bildirildi.

20:21 25 Yanvar 2023
Sherzod Shermatov Yevropa Ittifoqining Oʻzbekistondagi elchisi Charlotte Adriaen bilan uchrashdi

Uchrashuv davomida yoshlarning AKT sohasiga boʻlgan qiziqishini oshirish, raqamlashtirish yoʻnalishiga ayollarni kengroq jalb qilish, ular uchun munosib sharoitlar yaratish masalalariga ham eʼtibor qaratildi.

20:13 25 Yanvar 2023
16-yanvardan Shaharsozlik norma va qoidalarining ayrim talablari majburiy xarakterga oʻtkazildi

Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi axborot xizmati rahbari Saidnosir Usmonov maʼlum qildi.

20:06 25 Yanvar 2023
Oʻzbekiston va Rossiya oʻzaro hamkorlikda yangi transport-tranzit koridorlarini rivojlantiradi

Uchrashuv ishtirokchilari 2023-yilda yangi transport-tranzit yoʻlaklarini rivojlantirish masalalarini muhokama qilishni davom ettirishga kelishib oldilar.

20:01 25 Yanvar 2023
Joriy yilning 1-apreliga qadar har bir viloyatda kamida 5 tadan mikromarkaz ishga tushiriladi

Yigʻilish yakunida hududlar va soha uchun masʼul mutasaddilarning axboroti tinglandi.

19:05 25 Yanvar 2023
Tadbirkorlik subyektlarini koʻpaytirish boʻyicha yangi yondashuvlar joriy qilinadi

Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.

19:02 25 Yanvar 2023
Ona bor dunyoda yashash boshqacha

Buxoro shahridagi 18-mahalla fuqarolar yigʻini “Nuroniylar” jamoatchilik markazi raisi Shoira Joʻrayeva bilan suhbatlashgan kishi beixtiyor hayot, umr mazmuni, farzandlik burchi haqidagi oʻylar girdobiga botadi.

18:18 25 Yanvar 2023
Toifalarga ajratilgan tumanlarda kambagʻallikni qisqartirish ishlari yangicha tashkil qilinadi

Masalan, bugun Surxondaryoning barcha tumanlariga respublikadan tajribali kadrlar hokim qilib qoʻyildi.

18:09 25 Yanvar 2023
Navoiyda deputatlar ayrim hokim yordamchilari faoliyatini tanqid qildi

Xalq deputatlari Navoiy viloyati Kengashining navbatdagi qirq oltinchi sessiyasida davlatimiz rahbarining “Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha hokim yordamchilari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori ijrosi boʻyicha Respublika Prezidentining Navoiy viloyatidagi Xalq qabulxonasi mudiri Fayzulla...

18:05 25 Yanvar 2023
Haydovchilik guvohnomasi olib berishni vaʼda qilgan firibgar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Vobkent tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro U.V. fuqaro J.Q.ning ishonchiga kirib, tanishlari yordamida uni haydovchilik guvohnomasi olishi uchun boʻladigan imtihondan oʻtkazib qoʻyish evaziga 500 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

18:03 25 Yanvar 2023
Hayotning har lahzasi goʻzal...

Yaqinda Hindistonda “Hayotning har lahzasi goʻzal...” nomli sheʼriy toʻplami ingliz va hind tillarida adabiyot muxlislari eʼtiboriga havola etildi.

17:56 25 Yanvar 2023
Yigʻilishda bandlikni taʼminlashda aholiga tarqatilgan yerlardan samarali foydalanish zarurligi qayd etildi

Ikki yil ichida aholiga beriladigan yerlar 200 ming gektardan oshadi.

17:54 25 Yanvar 2023
Yigʻilishda ilgari ajratilgan kreditlarning qaytarilishi masalasiga toʻxtalib oʻtildi

Mutasaddilarga ushbu masalani qatʼiy nazoratga olish topshirildi.

17:34 25 Yanvar 2023
Oilaviy tadbirkorlikni yanada ragʻbatlantirish maqsadida moliyaviy koʻmak koʻlami kengaytiriladi

Prezident oilaviy tadbirkorlikni yanada ragʻbatlantirish maqsadida moliyaviy koʻmak koʻlami kengaytirilishini taʼkidladi.

17:17 25 Yanvar 2023
Kambagʻallikni qisqartirishning eng asosiy mexanizmi – aholini daromadli ish bilan taʼminlash — Prezident

Shu bilan birga, kambagʻallik koʻrsatkichlari respublika boʻyicha yaxshilangan bir paytda, Navoiy, Surxondaryo va Fargʻonada oʻzgarish sezilmayotgani taʼkidlandi.

17:12 25 Yanvar 2023
Oʻzbekiston va Turkiya TIV rahbarlari hamkorlikning dolzarb masalalarini muhokama qildilar

2023-yilning 24-yanvar kuni Toshkent shahrida boʻlib oʻtgan Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashi yigʻilishi doirasida Oʻzbekiston va Turkiya TIV rahbarlari Baxtiyor Saidov va Mevlut Chavushoʻgʻluning ikki tomonlama uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

17:11 25 Yanvar 2023
Oʻzbekiston-Ozarbayjon hamkorligini yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi

Har ikki tomon Oʻzbekiston va Ozarbayjon rahbarlarining muloqotlari natijasida erishilgan kelishuvlarni toʻliq amalga oshirishga tayyorligi tasdiqlandi.

17:06 25 Yanvar 2023
Baxtiyor Saidov Qirgʻiziston Tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi

Uchrashuvda doʻstlik, yaxshi qoʻshnichilik va strategik sheriklik tamoyillariga asoslangan Oʻzbekiston-Qirgʻiziston munosabatlarining turli jihatlari muhokama qilindi.

16:59 25 Yanvar 2023

Yangiliklar taqvimi

Кластер