Yigʻilishda ilgari ajratilgan kreditlarning qaytarilishi masalasiga toʻxtalib oʻtildi

17:34 25 Yanvar 2023 Siyosat
844 0

Foto: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati

Yigʻilishda ilgari ajratilgan kreditlarning qaytarilishi masalasiga toʻxtalib oʻtildi.Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.

“Hokimlar bu mablagʻlarni qaytarishni oʻylamasa, oilaviy tadbirkorlik qayerdan boʻladi? Axir bu pullar qaytsa, yana tumanning oʻziga beriladiku!”, - dedi Prezident.

Mutasaddilarga ushbu masalani qatʼiy nazoratga olish topshirildi.

Shuningdek, bandlik vaziriga yangi vazirlikka byudjetdan ajratilgan 1,5 trillion soʻmni avvalo eng ogʻir mahallalarda kambagʻallikni qisqartirishga yoʻnaltirish boʻyicha dastur ishlab chiqish topshirildi.

Bosh vazir oʻrinbosariga, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligiga viloyat hokimliklari bilan birga jalb qilingan 135 million dollarlik kredit liniyasi boʻyicha ogʻir mahallalar kesimida tadbirkorlik loyihalari paketini shakllantirib, ushbu mahallalarda kamida 50 ming aholini band qilish vazifasi qoʻyildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер