Oʻzbekiston va Qirgʻiziston delegatsiyalari Bishkekda ikki tomonlama munosabatlarning shartnomaviy-huquqiy bazasini inventarizatsiya qildi

20:15 25 Yanvar 2023 Siyosat
519 0

Joriy yilning 25 yanar kuni Bishkek shahrida Oʻzbekiston-Qirgʻiziston munosabatlarining shartnomaviy-huquqiy bazasini inventarizatsiya qilish va takomillashtirish boʻyicha navbatdagi Tashqi ishlar vazirliklararo maslahatlashuvlar yakunlandi.

24-25-yanvar kunlari tomonlar amaldagi shartnomaviy-huquqiy bazaning bugungi holati hamda tomonlarni qiziqtirgan sohalarda oʻzaro hamkorlikning huquqiy asoslarini yangilash va kengaytirish masalalarini muhokama qildi.

Uchrashuvda ekspertlar ikki davlatning xalqaro norma ijodkorligi faoliyatida ishtirok etish tajribasiga, jumladan, xalqaro huquqni izchil rivojlantirish va kodifikatsiyalash masalalariga ham eʼtibor qaratdi.

Shuningdek, xalqaro shartnomalarni nashr etish, ularni yagona elektron hisobga olish va arxivlashni yuritish tartibi toʻgʻrisida toʻxtalib oʻtildi.

Maslahatlashuv yakunlari boʻyicha Protokol imzolandi.

Maslahatlashuvlar 2022-yil 3-noyabr kuni Bishkek shahrida imzolangan Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi va Qirgʻiziston Tashqi ishlar vazirligi oʻrtasida 2023-2024-yillarga moʻljallangan hamkorlik dasturini amalga oshirish doirasida boʻlib oʻtdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер