Baxtiyor Saidov Qirgʻiziston Tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi
Foto: Tashqi ishlar vazirligi
2023-yil 24-yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri v.b. Baxtiyor Saidov IHT Tashqi ishlar vazirlari kengashining 26-yigʻilishida ishtirok etish uchun mamlakatimizga tashrif buyurgan Qirgʻiz Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Jeenbek Kulubayev bilan uchrashdi.
Uchrashuvda doʻstlik, yaxshi qoʻshnichilik va strategik sheriklik tamoyillariga asoslangan Oʻzbekiston-Qirgʻiziston munosabatlarining turli jihatlari muhokama qilindi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qirgʻiz Respublikasiga boʻlajak davlat tashrifiga tayyorgarlik koʻrish masalalari koʻrib chiqildi.
Tomonlar siyosiy-diplomatik, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar sohalarda faol muloqotni davom ettirishga tayyor ekani tasdiqlandi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring