Oʻzbekiston va Turkiya TIV rahbarlari hamkorlikning dolzarb masalalarini muhokama qildilar

17:11 25 Yanvar 2023 Siyosat
385 0

Foto: Tashqi ishlar vazirligi

2023-yilning 24-yanvar kuni Toshkent shahrida boʻlib oʻtgan Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashi yigʻilishi doirasida Oʻzbekiston va Turkiya TIV rahbarlari Baxtiyor Saidov va Mevlut Chavushoʻgʻluning ikki tomonlama uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

M.Chavushogʻlu Oʻzbekistonning IHTga raisligi Tashkilot doirasidagi oʻzaro manfaatli sheriklikni mustahkamlash, uning jahon maydonidagi nufuzini oshirishga xizmat qilganini taʼkidladi.

Boʻlajak ikki tomonlama tadbirlar jadvali va tashkiliy jihatlari, jumladan, tashqi siyosat idoralari rahbarlari darajasidagi Strategik rejalashtirish guruhi hamda Savdo-iqtisodiy hamkorlik boʻyicha Oʻzbekiston-Turkiya hukumatlararo komissiyasining navbatdagi yigʻilishlarini oʻtkazish masalalari koʻrib chiqildi.

Afgʻonistondagi mavjud vaziyat va mintaqaviy siyosatning boshqa masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuvda ikki davlat oʻrtasidagi madaniy-gumanitar almashinuvni kengaytirish masalalari ham koʻrib chiqildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер