Yigʻilishda bandlikni taʼminlashda aholiga tarqatilgan yerlardan samarali foydalanish zarurligi qayd etildi
Foto: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati
Yigʻilishda bandlikni taʼminlashda aholiga tarqatilgan yerlardan samarali foydalanish zarurligi qayd etildi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
Ikki yil ichida aholiga beriladigan yerlar 200 ming gektardan oshadi. Bu – Samarqand viloyatining jami paxta va gʻalla yeridan koʻp maydon.
Lekin, bu yil ajratilishi kerak boʻlgan yerlarni koʻpi hali zaxiraga olinmagan, ishlar pala-partish tashkil qilinyapti. Mahallaning ichidagi kichik-kichik qulay maydonlar qolib, dalaning oʻrtasidagi katta yerlarni ajratish holatlari ham bor.
Shu munosabat bilan mutasaddilarga:
- har bir mahallaga “usta dehqonlar”ni jalb qilib, ushbu yer maydonlarida faqat eksportbop-bozorbop mahsulotlar yetishtirilishiga eʼtibor qaratish;
- har bir tuman agrologistika markazlari va eksportyorlar bilan shartnomalar tuzilishini taʼminlash topshirildi.
Bu yerlardan samarali foydalanib, kamida 1 milliard dollarlik mahsulot ishlab chiqarish zarurligi koʻrsatib oʻtildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring