Endi masʼuliyatsiz rahbarlar haqida Prezidentga axborot beriladi

Berilgan har bir topshiriqning real ijro holati boʻyicha kundalik nazorat oʻrnatish, masʼuliyatni his qilmagan, sustkashlikka yoʻl qoʻygan rahbarlar boʻyicha tanqidiy, ochiq va xolis axborot kiritib borish vazifasi qoʻyildi.

16:10 13.03.2026
Murojaatlar bilan ishlashda “mahalla yettiligi”ning masʼuliyati oshiriladi

Prezident Virtual qabulxonasida har bir mahalla uchun alohida kabinet ochiladi. Uni yuritishga yoshlar yetakchisi bilan mahalla raisi masʼul boʻladi.

16:05 13.03.2026
Xorazm viloyatida Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashining qarori ijrosi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi

Shu bilan birga, vazifalarni amalga oshirish jarayonida yuzaga kelayotgan ayrim muammo va kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.

16:04 13.03.2026
Senat qoʻmitasi hamda Qonunchilikni tahlil qilish va tartibga solish taʼsirini baholash instituti memorandum imzoladi

Oliy Majlis Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasi hamda Adliya vazirligi huzuridagi Qonunchilikni tahlil qilish va tartibga solish taʼsirini baholash instituti oʻrtasida memorandum imzolash marosimi boʻlib oʻtdi.

16:03 13.03.2026
Sunʼiy intellekt davrida taʼlim qanday tashkil etilishi kerak?

Sunʼiy intellekt (SI)ning chuqur oʻzlashtirilishi tibbiyot, transport, energetika, taʼlim va davlat boshqaruvi kabi koʻplab sohalarda innovatsion yechimlar yaratish hamda global raqobatbardoshlikni oshirish imkonini bermoqda.

15:54 13.03.2026
Prezident Xalq qabulxonalari faoliyatini yanada kuchaytirish chora-tadbirlarini belgilab berdi

Prezident Administratsiyasiga hokimlar bilan birgalikda Xalq qabulxonalariga muammolarning mohiyatini tushunadigan zamonaviy kadrlarni jamlash, murojaatlarni tizimli tahlil qilish boʻyicha alohida nazorat guruhi faoliyatini yoʻlga qoʻyish topshirildi.

15:52 13.03.2026
Qarshi shahridan Xalq qabulxonasiga nafaqa boʻyicha 877 ta murojaat kelib tushgan

Mazkur masalada murojaat qilgan ayollarning muammosini faqat nafaqa toʻlash nuqtayi nazaridan emas, balki boshqa qiyinchiliklari bilan birgalikda kompleks ravishda koʻrib chiqish zarurligi qayd etildi.

15:48 13.03.2026
Qashqadaryoda yosh IIO xodimlariga muomala madaniyati oʻrgatiladi

Xodimlariga nisbatan eʼtirozlar koʻp boʻlgan Majburiy ijro byurosi, soliq, elektr, suv va gaz, tibbiyot va taʼlim idoralarining rahbarlari ham oʻz ishini xuddi shu yoʻsinda tashkil qilishi zarurligi qayd etildi.

15:34 13.03.2026
Mahmudov Aminjon Azimovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi toʻgʻrisida

Manzil: 100066, Toshkent shahri, Islom Karimov koʻchasi, 49-uy. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.

15:26 13.03.2026
Qarshidagi 40 ta boshqaruv kompaniyasi faoliyati ustidan 111 ta shikoyat kelib tushgan

Hokimning qurilish boʻyicha oʻrinbosari eng koʻp murojaat tushgan Choʻlquvar, Nuriston, Oydin mahallasiga borib, aholi va boshqaruv kompaniyalari bilan uchrashishi belgilandi.

15:25 13.03.2026
Xalq qabulxonalari hududdagi muammolarni diagnostika qiladigan markaz boʻlishi belgilandi

Davlatimiz rahbari hokimlar arizada koʻtarilgan masalani hal qilishning oʻzi bilan cheklanmasdan, muammoning kelib chiqish sababi bilan ishlashi kerakligini qayd etdi.

14:59 13.03.2026
IIO xodimlarining qoʻpol muomalasi va tergov sifatidan norozilik koʻpaydi

Prezident raisligida oʻtayotgan videoselektor yigʻilishida oʻtgan yili ichki ishlar vakolatidagi masalalar boʻyicha 148 mingdan ortiq murojaat kelib tushgani maʼlum qilindi.

14:44 13.03.2026
Oʻtgan yili aliment bilan bogʻliq 70 ming murojaat kelib tushgan

Majburiy ijro byurosi aliment boʻyicha ariza tushsa, undirib berayotgani, lekin aliment toʻlovchining rasmiy daromadi boʻlmagani uchun murojaatlarning 30 foizi hal qilinmasdan qolayotgani koʻrsatib oʻtildi.

14:32 13.03.2026
Surxondaryoda umumxalq xayriya hashari uyushqoqlik bilan oʻtkazilmoqda

Surxondaryo viloyatida “Yurt obodligi — avvalo mahalladan boshlanadi” shiori ostida umumxalq xayriya hashari uyushqoqlik va koʻtarinki ruhda oʻtkazilmoqda.

14:29 13.03.2026
Toshkent va Panjob viloyatlari oʻrtasida hamkorlik “birodar hududlar” maqomida rivojlantiriladi

Toshkent viloyati hokimi, senator Zoyir Mirzayev boshchiligidagi delegatsiya amaliy tashrif bilan Pokiston Islom Respublikasida boʻlib turibdi.

14:17 13.03.2026
Mahallalardagi dolzarb masalalarni hal etishga qaratilgan tashabbus

Ushbu tashabbus doirasida aholi tomonidan, ayniqsa, elektr taʼminotini yaxshilash boʻyicha bir qator taklif va murojaatlar bildirildi.

14:09 13.03.2026
Namanganda maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari oʻrtasida “Shaxmat festivali” oʻtkazildi

Insoniyat shaxmatni azaldan aql gimnastikasi sifatida ardoqlab keladi.

14:02 13.03.2026
“Soʻgʻdiyona” va “Nasaf” soʻnggi daqiqalarda magʻlubiyatdan qutulib qoldi

Oʻzbekiston Superligasining uchinchi tur oʻyinlari yakunlandi.

13:56 13.03.2026
Fargʻonada media volontyorlar klubi aʼzolari bilan ochiq muloqot oʻtkazildi

Ahmad Fargʻoniy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida media volontyorlar klubi aʼzolari bilan yuzma-yuz muloqot tashkil etildi.

13:55 13.03.2026
Prezident raisligida videoselektor yigʻilishi boshlandi

Davlatimiz rahbari aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini takomillashtirish yuzasidan videoselektor yigʻilishi oʻtkazmoqda.

13:50 13.03.2026

Yangiliklar taqvimi

Кластер