Xorazm viloyatida Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashining qarori ijrosi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi

16:04 13 Mart 2026 Siyosat
328 0

Xorazm viloyati Hazorasp tumanida Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashining 2026-yil 28-yanvar kuni oʻtkazilgan sayyor majlisida qabul qilingan qarori ijrosini taʼminlash boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Yigʻilishda sogʻliqni saqlash, qurilish, bandlik va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash, energetika hamda taʼlim sohalarida korrupsiya xavfini kamaytirishga qaratilgan vazifalar ijrosi yuzasidan masʼul idoralar rahbarlarining axborotlari eshitildi.

Hazorasp tumani hokimi ham korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat xizmatlarini shaffof tashkil etish va tumanni korrupsiyadan holi hududga aylantirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida axborot berdi.

Muhokama davomida Milliy kengash sayyor majlisida qabul qilingan qaror hamda chora-tadbirlar dasturida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi. Xizmatlar koʻrsatish jarayonlarini raqamlashtirish, inson omilini qisqartirish, shaffof mexanizmlarni joriy etish orqali korrupsiya omillarini bartaraf etish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Shu bilan birga, vazifalarni amalga oshirish jarayonida yuzaga kelayotgan ayrim muammo va kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.

Muhokama yakunida Milliy kengash qarori hamda chora-tadbirlar dasturida belgilangan vazifalar ijrosini oʻz vaqtida va sifatli taʼminlash yuzasidan masʼul idoralar rahbarlariga aniq topshiriqlar berildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер