IIO xodimlarining qoʻpol muomalasi va tergov sifatidan norozilik koʻpaydi

14:44 13 Mart 2026 Siyosat
350 0

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident raisligida oʻtayotgan videoselektor yigʻilishida turli sabablar bilan tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomani olmagan bolalarga bunday hujjatni rasmiylashtirishdagi byurokratiya haqida 448 nafar odam murojaat qilgani qayd etildi.

“Bu bolasini bogʻcha va maktabga joylashtirishda guvohnoma soʻralgani uchun majbur boʻlib murojaat qilganlar, hali ariza bermaganlari qancha?” deya savol qoʻydi davlatimiz rahbari.

Adliya vazirligiga ushbu masalaga sodda yechim ishlab chiqish topshirildi.

Oʻtgan yili ichki ishlar vakolatidagi masalalar boʻyicha 148 mingdan ortiq murojaat kelib tushgan. Ayniqsa, ichki ishlar xodimlarining qoʻpol muomalasi va tergov sifatidan norozilik koʻpligi qayd etildi.

Tizim masʼullari har 1 ming kishiga nisbatan eng koʻp ariza tushayotgan Denov, Urgut tumanlari, Samarqand, Qarshi, Namangan, Jizzax, Fargʻona, Chirchiq shaharlariga borib, aholining muammolarini eshitishi, profilaktika inspektori va tergovchilarning kasbiy va muomala madaniyatini oshirish boʻyicha oʻqitishi shartligi koʻrsatib oʻtildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер