Qarshidagi 40 ta boshqaruv kompaniyasi faoliyati ustidan 111 ta shikoyat kelib tushgan

15:25 13 Mart 2026 Siyosat
365 0

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident raisligida oʻtayotgan videoselektor yigʻilishida Qarshi shahridagi murojaatlarning 146 tasi oylik maoshlar kechikayotgani bilan bogʻliq ekani qayd etildi.

Hokimning birinchi oʻrinbosari oylik toʻlamayotgan tashkilotlarning moliyaviy ahvolini tahlil qilib, xomashyo, aylanma mablagʻ, infratuzilma, bozor topish bilan bogʻliq masalalarini hokimning investitsiya boʻyicha oʻrinbosari va banklar bilan hal qilib beradi.

Oylikni asossiz bermayotgan korxonalardan esa oʻrnatilgan tartibda majburiy undiriladi.

Qarshi shahrida bugungi kunda 35 ming xonadonli 930 ta koʻp qavatli uy bor. Ularga 40 ta boshqaruv servis kompaniyasi xizmat koʻrsatmoqda. Ularning faoliyatidan norozilik bildirilgan 111 ta shikoyat kelib tushgan.

Hokimning qurilish boʻyicha oʻrinbosari eng koʻp murojaat tushgan Choʻlquvar, Nuriston, Oydin mahallasiga borib, aholi va boshqaruv kompaniyalari bilan uchrashishi belgilandi. Bunda boshqaruv kompaniyalari puldan qiynalayotgan boʻlsa, ularga aylanma mablagʻ topib beradi.

Elektr, yoʻl, suv yoki kanalizatsiya bilan bogʻliq muammolar boʻlsa, ushbu masalani Islohotlar shtabiga berib, investitsiya dasturiga qoʻshimcha kiritadi, Majburiy ijro byurosi bilan boshqaruv kompaniyalarining debitor qarzdorligini undirishga koʻmaklashadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер