Qashqadaryoda yosh IIO xodimlariga muomala madaniyati oʻrgatiladi

15:34 13 Mart 2026 Siyosat
439 0

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident raisligida oʻtayotgan videoselektor yigʻilishida qayd etilishicha, uy-joy bilan taʼminlash boʻyicha Qarshi aholisidan 124 ta murojaat kelib tushgan. Qarshi shahrida bu yil 3 ming 700 ta xonadonli koʻp qavatli uylar qurilishi reja qilingan.

Hokim oʻrinbosarlari shahardagi banklar va developerlar bilan birgalikda uy-joy boʻyicha murojaat qilganlar bilan birma-bir uchrashadi. Ularga yangi qurilayotgan uy-joylarni taklif etadi, kredit, subsidiya boʻyicha masalalarini tezkorlik bilan hal qilib beradi.

Shahardagi davlat idoralarida 1,5 mingdan ziyod xodim ishlayapti. Ularning faoliyati boʻyicha 794 ta shikoyat kelib tushgan. Masalan, ichki ishlar xodimlarining muomalasi va tergov sifati yuzasidan 281 ta ariza yoʻllangan.

Viloyat ichki ishlar boshligʻining kadr va jamoat xavfsizligi boʻyicha oʻrinbosarlari haftaning bir kunini yosh tergovchilar, profilaktika inspektori, yoʻl va post-patrul xodimlarini oʻqitish, muomala madaniyatini oʻrgatishga bagʻishlaydi.

Xodimlariga nisbatan eʼtirozlar koʻp boʻlgan Majburiy ijro byurosi, soliq, elektr, suv va gaz, tibbiyot va taʼlim idoralarining rahbarlari ham oʻz ishini xuddi shu yoʻsinda tashkil qilishi zarurligi qayd etildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер