Senat qoʻmitasi hamda Qonunchilikni tahlil qilish va tartibga solish taʼsirini baholash instituti memorandum imzoladi
Oliy Majlis Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasi hamda Adliya vazirligi huzuridagi Qonunchilikni tahlil qilish va tartibga solish taʼsirini baholash instituti oʻrtasida memorandum imzolash marosimi boʻlib oʻtdi.
Tadbirda taʼkidlanganidek, ushbu hujjat qonun ijodkorligi jarayonini ilmiy asosda tashkil etish, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash jarayonida tahliliy yondashuvni kuchaytirish hamda parlament nazorati samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
Memorandum doirasida qonunchilikni takomillashtirishga qaratilgan qoʻshma ilmiy tadqiqotlar olib boriladi, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari ilmiy va tahliliy ekspertizadan oʻtkaziladi, shuningdek, parlament nazorati samaradorligini oshirishga qaratilgan tadqiqotlar amalga oshiriladi.
Bundan tashqari, qonunchilikni rivojlantirishga oid ilmiy-amaliy konferensiyalar, davra suhbatlari, seminarlar va boshqa tadbirlarni birgalikda tashkil etish boʻyicha hamkorlikni yoʻlga qoʻyishga nazarda tutilgan.
Soʻzga chiqqanlar mazkur hamkorlik parlament faoliyatini ilmiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash, qonun ijodkorligi jarayonida ilmiy-tahliliy salohiyatdan samarali foydalanish hamda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan huquqiy islohotlarni yanada chuqurlashtirishga xizmat qilishini taʼkidlab oʻtdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Umumiy mukofot jamgʻarmasi 700 ming yevro boʻlgan shaxmat turniri yakunlandi
- Oʻzbekistonda steyblkoinlardan toʻlov vositasi sifatida foydalanish mumkin boʻladi
- Shavkat Mirziyoyev madaniyat va turizm sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va yangi loyihalar taqdimoti bilan tanishdi
- Prezident uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasi xodimlariga tabrik yo‘lladi
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- Eron mamlakat rahbariyatining oʻldirilishi uchun AQSH va Isroilni javobgarlikka tortmoqchi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring