“Soʻgʻdiyona” va “Nasaf” soʻnggi daqiqalarda magʻlubiyatdan qutulib qoldi

13:56 13 Mart 2026 Sport
331 0

Kecha, 12-mart kuni Oʻzbekiston Superligasining 3-tur oʻyinlari yakunlandi. Kun doirasidan oʻrin olgan dastlabki bahsda Olmaliq shahrining OKMK klubi “Olimpiya“ stadionida Jizzaxning “Soʻgʻdiyona” jamoasini qabul qildi.

Uchrashuv 2:2 hisobidagi durang natija bilan yakunlandi. Oʻyinda kiritilgan gollarga mezbonlardan Siavash Haqnazariy va Abror Karimov mualliflik qildi. Jizzaxliklarning javob gollari esa Lyupcho Doriyev va Otabek Joʻraqoʻziyev hisobiga yozildi.

Kun doirasidan oʻrin olgan ikkinchi oʻyinda esa Samarqandning “Dinamo” jamoasi oʻz maydonida Qarshining “Nasaf” klubini qabul qildi. Uchrashuv 1:1 hisobidagi durang natija bilan yakunlandi. Gollarga “Dinamo”dan Anvar Hojimirzayev, “Nasaf”dan Sharof Muhiddinov mualliflik qildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер