“Toshkent-Janubiy” temir yoʻl vokzalida yoʻlovchilar uchun yangi qulayliklar yaratildi (+fotoreportaj)

Bugun, 14-aprel kuni “Toshkent janubiy” temir yoʻl vokzalida yoʻllovchilar uchun yaratilgan qulayliklar va imkoniyatlar bilan yaqindan tanishtirish maqsadida OAV xodimlari uchun mediatur tashkil qilindi.

17:30 14.04.2026
2025-yilda qurilish bilan bogʻliq 2 million 600 mingdan ziyod arizaning uchdan bir qismi rad etilgan

Masʼullar “Kamchiligi uchun qaytardik”, deb aytadi. Lekin ichiga kirib tahlil qilsa, masala koʻp. Hamma bilib, bilmaganga oladi, aslida, bu – korrupsiya! Bunga chek qoʻyishning birdan bir yoʻli – raqamlashtirish va sunʼiy intellekt! — dedi davlatimiz rahbari.

17:28 14.04.2026
Xususiylashtirish doirasida boʻlib toʻlash sharti bilan sotilgan obyektlar uchun qoldiq summaga har yili 14 foiz ustama hisoblash bekor qilinadi

Endilikda xususiylashtirish dasturiga obyektlarni kiritish, ularni sotish va investitsiya samaradorligi boʻyicha hokimlar Davlat aktivlari agentligi bilan tengma-teng javob berishi belgilandi.

17:18 14.04.2026
Bosh rejasi yoʻq degan bahona bilan 2025-yilda yerni xususiylashtirish boʻyicha 112 ming arizaning 14 foizi rad etilgan

Bosh rejalarni tasdiqlash orqali juda katta maqsad va vazifalar belgilanmoqda. Lekin bosh rejada koʻrsatilgan suv, kanalizatsiya, issiqlik, gaz, elektr liniyalari, yoʻllar qachon, qaysi navbatda va qanday manbalar hisobidan quriladi degan savolga javob yoʻqligi tanqid qilindi.

17:09 14.04.2026
Oʻzbekistonda maktab oʻquvchilari soni 6,8 mln nafardan oshdi

Jami oʻquvchilarning 51,2 foizini oʻgʻil bolalar, 48,8 foizini qiz bolalar tashkil qilgan.

17:05 14.04.2026
Qariyb 20 million odam shaharlarda yashamoqda

Agar urbanizatsiya darajasi 1 foizga oshsa, iqtisodiyot ham kamida 1 foizga koʻpayadi, investitsiya oqimi, biznes va startaplar, mehnat unumdorligi karrasiga oʻsadi. Buning uchun respublikada urbanizatsiyani barqaror rivojlantirish boʻyicha yagona yondashuv boʻlishi kerak, – dedi Prezidentimiz.

16:59 14.04.2026
Prezident tadbirkorlarning hali aktivga aylanmagan yeriga soliq, kreditiga foiz hisoblanayotganini tanqid qildi

Yer, kredit kabi asosiy masalalari hal boʻlgan tadbirkorlar qurilishni boshlash bosqichda toʻsiqlarga uchrayotgani koʻrsatib oʻtildi.

16:49 14.04.2026
Shavkat Mirziyoyev raisligida videoselektor yigʻilishi boshlanadi

Respublika va viloyat studiyalaridan yigʻilishda 500 dan ziyod developer, quruvchi, loyihachi, arxitektor va urbanistlar ishtirok etmoqda.

16:37 14.04.2026
Oʻqish maqsadida xorijga borgan oʻzbekistonliklar soni kamaydi

Shu yilning yanvar fevral oylarida 3 964 nafar Oʻzbekiston fuqarolari oʻqish maqsadida chet elga safar qilgan.

16:35 14.04.2026
AQSHda tahsil olayotgan oʻzbekistonlik yigit vafot etdi

Maʼlumotlarga koʻra, marhum “Stony Brook” universitetida kompyuter texnologiyalari va informatika yoʻnalishi boʻyicha bakalavriatning 4-bosqichida tahsil olayotgan boʻlgan.

16:26 14.04.2026
Shavkat Mirziyoyev nomiga Qozogʻiston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayevdan maktub keldi

“Nafaqat Markaziy Osiyo, balki butun jahon sivilizatsiyasi durdonasi boʻlgan qadimiy Buxoro shahriga amaliy tashrifim chogʻida koʻrsatgan alohida mehmondoʻstlik va samimiyat uchun Sizga chin dildan minnatdorlik bildiraman”, — deyiladi maktubda.

15:47 14.04.2026
Toshkentda metro poyezdida nosozlik sabab tutun chiqdimi?

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan shu mazmundagi xabarlar yuzasidan “Toshkent metropoliteni” munosabat bildirdi.

15:20 14.04.2026
“Toshkent toʻy oshi” geografik koʻrsatkich sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazildi

Geografik koʻrsatkich — mahsulotning muayyan hududga mansubligini va uning oʻziga xos xususiyatlari aynan shu hudud bilan bogʻliqligini tasdiqlovchi intellektual mulk obyektidir.

14:48 14.04.2026
Oʻzbekistonda 2 oyda 3,7 trln soʻmlik elektr uskunalar ishlab chiqarildi

Ushbu koʻrsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 10,8 foizga oshgan.

14:05 14.04.2026
Buxoro davlat tibbiyot instituti xalqaro kongressda manfaatli shartnoma imzoladi

Shu kunlarda Samarqand shahrida “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi universitetlari kongressi” boʻlib oʻtmoqda.

13:41 14.04.2026
Oʻzbekistonda 100 ta uy xoʻjaligiga 359 ta telefon toʻgʻri keladi

Milliy statistika qoʻmitasining uy xoʻjaliklari tanlanma kuzatuvlari maʼlumotlari eʼlon qilindi.

12:30 14.04.2026
Uzumchilikdagi istiqbolli tajribalar ommalashtirilmoqda

Samarqand viloyatida uzumchilikni rivojlantirish va mayiz eksportini oshirishga qaratilgan yangi tajribalar amaliyotga joriy etilmoqda.

11:44 14.04.2026
Sirdaryoda sudya 3,6 ming dollar pora bilan ushlandi

Sirdaryo viloyat sudining iqtisodiy ishlar boʻyicha sudyasi 3,6 ming dollar pora olganlikda gumonlanib, ashyoviy dalil bilan ushlandi.

11:39 14.04.2026
Endilikda madaniy boyliklarning ham qiymati paydo boʻladi

Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasining Yagona milliy baholash standartiga qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi idoraviy normativ-huquqiy hujjatni davlat roʻyxatidan oʻtkazdi (roʻyxat raqami 3487-3, 11.04.2026-y.).

11:36 14.04.2026
“Media haftalik”: Termizda yilning eng yirik media loyihasi oʻtkazilmoqda

Surxondaryo viloyatida ommaviy axborot vositalari va media sohasi vakillarini bir maydonda jamlagan, yangi bilim va tajribalar almashinuviga yoʻl ochuvchi amaliy tadbir — “Media haftalik” oʻz ishini boshladi.

11:31 14.04.2026

Yangiliklar taqvimi

Кластер