Qariyb 20 million odam shaharlarda yashamoqda

16:59 14 Aprel 2026 Siyosat
196 0

Yurtimiz aholisi 38 milliondan oshdi, urbanizatsiya darajasi 51 foizga yetib, qariyb 20 million odam shaharlarda yashamoqda.

– Bir narsani yaxshi tushunish zarur: agar urbanizatsiya darajasi 1 foizga oshsa, iqtisodiyot ham kamida 1 foizga koʻpayadi, investitsiya oqimi, biznes va startaplar, mehnat unumdorligi karrasiga oʻsadi. Buning uchun respublikada urbanizatsiyani barqaror rivojlantirish boʻyicha yagona yondashuv boʻlishi kerak, – dedi Prezidentimiz.

Bosh rejalarni ishlab chiqish uchun byudjetdan yiliga 200-250 milliard soʻm berilmoqda. Bu mablagʻlar bosh rejasi boʻlmagan yoki eskirgan hududlarga sarflanishi shartligi koʻrsatib oʻtildi.

Kichik shahar va shaharchalarda ham katta loyiha qilaman degan tadbirkorlar borligi, shaharsozlik hujjati yoʻqligi uchun ularning ishi toʻxtab turgani qayd etildi. Oʻzi mablagʻ tikib, tezroq bosh reja ishlab chiqilishidan manfaatdor tadbirkorlar ham koʻp.

Viloyat hokimlari, Urbanizatsiya qoʻmitasiga joriy yilda byudjet mablagʻi hisobidan 6 ta shahar, 44 ta shaharcha boʻyicha bosh reja, yana 104 ta qishloq boʻyicha master rejani oxiriga yetkazish, bunga qoʻshimcha tashabbuskor biznes vakillari bilan yana 50 ta aholi punkti boʻyicha shaharsozlik hujjatini ishlab chiqishni boshlash topshirildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер