Prezident tadbirkorlarning hali aktivga aylanmagan yeriga soliq, kreditiga foiz hisoblanayotganini tanqid qildi
Dunyoda qurilish industriyasi shiddat bilan oʻzgaryapti, sohaga zamonaviy loyiha yechimlari, yangi texnologiya va standartlar kirib kelmoqda.
Prezidentimiz mamlakatimizdagi qurilish tizimi bugungi oʻzgarishlarga qanchalik mosligi, soha rahbarlari zamon talab qilayotgan tezkorlik va sifat boʻyicha masʼuliyatni his qilayotgani, seysmologiya va zilzilabardoshlik boʻyicha xavflarni inobatga olib, yangi yechimlar ishlab chiqilayotgani borasida savollar koʻpligini qayd etildi.
Tadbirkorlik uchun yiliga 6,5 ming gektar yer, 600 ming kvadrat metrli bino-inshootlar savdoga chiqarilmoqda, kichik va oʻrta biznes uchun 140 trillion soʻm resurs berilmoqda.
Lekin yer, kredit kabi asosiy masalalari hal boʻlgan tadbirkorlar qurilishni boshlash bosqichda toʻsiqlarga uchrayotgani koʻrsatib oʻtildi.
Tadbirkorlarning hali aktivga aylanmagan yeriga soliq, kreditiga foiz hisoblanyapti, lekin byurokratiya, korrupsiya, sansalorlik koʻpligi uchun qurilishni boshlash oylab, yillab choʻzilayotgani tanqid qilindi.
Shu bois, soha vakillari bilan uchrashuvlar oʻtkazilib, mingdan ortiq quruvchi va loyiha tashkilotlarining takliflari olindi. Yigʻilishda ushbu taklif va tashabbuslar asosida ishlab chiqilgan yangi chora-tadbirlar muhokama qilindi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring