Xususiylashtirish doirasida boʻlib toʻlash sharti bilan sotilgan obyektlar uchun qoldiq summaga har yili 14 foiz ustama hisoblash bekor qilinadi
Soʻnggi toʻrt yilda auksionda sotilgan 11,5 ming gektar yerdan 3 ming gektarida qurilish boshlanmagan. Oqibatda qoʻshimcha 100 ming ish oʻrni, 20-25 trillion soʻm qoʻshilgan qiymat yoʻqotilayotgani qayd etildi.
Auksionga chiqarilgan 582 gektar yer uchastkasi, 122 ta davlat obyekti bir yildan beri sotilmay turibdi.
Chunki xususiylashtirish dasturini qabul qilishda ham, obyektlarni sotishda ham hokimlarning oʻrni bilinmayotgani, tadbirkorlarning fikri oldindan oʻrganilmayotgani qayd etildi. Aslida, har obyektni sotishda hududga investitsiya, mahalla uchun ish oʻrni birinchi oʻrinda boʻlishi kerakligi koʻrsatib oʻtildi.
Endilikda xususiylashtirish dasturiga obyektlarni kiritish, ularni sotish va investitsiya samaradorligi boʻyicha hokimlar Davlat aktivlari agentligi bilan tengma-teng javob berishi belgilandi.
Xususiylashtirish doirasida boʻlib toʻlash sharti bilan sotilgan obyektlar uchun qoldiq summaga har yili 14 foiz ustama hisoblash bekor qilinadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring