Oʻzbekistonda maktab oʻquvchilari soni 6,8 mln nafardan oshdi

17:05 14 Aprel 2026 Jamiyat
150 0

2025-2026 oʻquv yili boshida Oʻzbekistondagi umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida tahsil olayotgan oʻquvchilar soni 6 870,5 ming nafarni tashkil etgan. Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi.

Bildirilishicha, jami oʻquvchilarning 51,2 foizini oʻgʻil bolalar, 48,8 foizini qiz bolalar tashkil qilgan.

Oʻquvchilar soni hududlar kesimida quyidagicha taqsimlangan:

  • Qoraqalpogʻiston Respublikasi – 375,5 ming nafar;
  • Andijon viloyati – 634,7 ming nafar;
  • Buxoro viloyati – 348,4 ming nafar;
  • Jizzax viloyati – 284,6 ming nafar;
  • Qashqadaryo viloyati – 688,1 ming nafar;
  • Navoiy viloyati – 195,7 ming nafar;
  • Namangan viloyati – 571,3 ming nafar;
  • Samarqand viloyati – 814,2 ming nafar;
  • Surxondaryo viloyati – 572,8 ming nafar;
  • Sirdaryo viloyati – 165,1 ming nafar;
  • Toshkent viloyati – 547,2 ming nafar;
  • Fargʻona viloyati – 733,4 ming nafar;
  • Xorazm viloyati – 377,4 ming nafar;
  • Toshkent shahri – 562,1 ming nafar.

Qoʻmita maʼlumotlariga koʻra, ushbu koʻrsatkich avvalgi oʻquv yiliga nisbatan 94,2 ming nafarga oshgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер