Shavkat Mirziyoyev raisligida videoselektor yigʻilishi boshlanadi
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida videoselektor yigʻilishi boshlandi. Respublika va viloyat studiyalaridan yigʻilishda 500 dan ziyod developer, quruvchi, loyihachi, arxitektor va urbanistlar ishtirok etmoqda.
Davlatimiz rahbari barcha tarmoq va hududlarda yuqori iqtisodiy oʻsish boʻyicha belgilab olingan katta marralarga erishishda qurilish sohasining alohida oʻrni borligini taʼkidladi.
Soʻnggi toʻqqiz yilda 10 mingga yaqin yangi qurilish korxonalari ish boshladi, aylanmasi 1 trillion soʻmdan oshgan 20 ta, 100 milliard soʻmdan oʻtgan 365 ta yirik kompaniyalar paydo boʻldi. Loyiha tashkilotlari 2 mingdan, ulardan xalqaro sertifikat olganlari 650 dan oshdi.
Qurilishda ruxsat berish bosqichi 3 karra, muddati 4 karra qisqardi, 420 ta shaharsozlik norma va qoidalarini birlashtirish, eskilarini bekor qilish hisobiga 140 ta yangi shaharsozlik norma va qoidalari tasdiqlandi.
Mazkur ishlar natijasida oʻtgan davrda 210 million kvadrat metrli bino-inshoot, 647 ming xonadonli 15 mingdan ortiq koʻp qavatli uylar barpo etildi. Qurilish ishlari hajmi 2016-yilda 30 trillion soʻmni tashkil qilgan boʻlsa, oʻtgan yili bu koʻrsatkich 314 trillion soʻmga yetdi.
Bugun qurilish, qurilish materiallari va ularga yondosh sohalarda 3,5 million aholi band.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring