AQSHda tahsil olayotgan oʻzbekistonlik yigit vafot etdi

16:26 14 Aprel 2026 Jamiyat
386 0

“El-yurt umidi” jamgʻarmasi stipendiati Muhammadyusuf Faxriddinov AQSHda vafot etdi. Bu haqida jamgʻarmaning rasmiy Telegram-kanalida xabar berildi.

Maʼlum boʻlishicha, Muhammadyusuf Faxriddinov “Stony Brook” universitetida kompyuter texnologiyalari va informatika yoʻnalishi boʻyicha bakalavriatning 4-bosqichida tahsil olayotgan boʻlgan.

“Ushbu xabar oʻz kelajagini ilm-fanga va Vatanga xizmat qilish bilan bogʻlagan, maqsad sari intiluvchan, iqtidorli yigit sifatida tanigan yaqinlari, doʻstlari va barchaning qalbini chuqur larzaga soldi. Muhammadyusuf oʻzining maqsadga intiluvchanligi, yuksak darajadagi tayyorgarligi hamda tanlagan sohasiga chin dildan sadoqati bilan ajralib turgan”, — deyiladi jamgʻarma xabarida.

Hozirda “El-yurt umidi” jamgʻarmasi Tashqi ishlar vazirligi, konsullik idoralari bilan doimiy aloqada, voqea yuzasidan barcha holatlarni aniqlash maqsadida vakolatli idoralar bilan hamkorligini davom ettirmoqda. Marhumni Vatanga olib kelish bilan bogʻliq barcha tashkiliy masalalar Jamgʻarmaning toʻliq nazoratida va tegishli idoralarni jalb qilgan holda amalga oshirilishi kutilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер