Oʻqish maqsadida xorijga borgan oʻzbekistonliklar soni kamaydi

16:35 14 Aprel 2026 Jamiyat
137 0

2026-yilning yanvar fevral oylarida 3 964 nafar Oʻzbekiston fuqarolari oʻqish maqsadida chet elga safar qilgan. Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi.

Mazkur davrda Oʻzbekiston fuqarolari oʻqish maqsadida eng koʻp borgan davlatlar roʻyxatida Rossiya yetakchilik qilmoqda. Ushbu mamlakatga 989 nafar oʻzbekistonlik oʻqish uchun borgan.

Shuningdek, Koreyaga 679 nafar, Qirgʻiz Respublikasiga 639 nafar, Turkiyaga 300 nafar, Tojikistonga 276 nafar, Xitoyga 252 nafar hamda boshqa davlatlarga 829 nafar yurtdoshlarimi tahsil olish uchun safar qilgan.

Qoʻmita maʼlumotlariga koʻra, ushbu koʻrsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 1,2 ming nafarga yoki 23,6 foizga kamaygan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер