“Toshkent-Janubiy” temir yoʻl vokzalida yoʻlovchilar uchun yangi qulayliklar yaratildi (+fotoreportaj)

17:30 14 Aprel 2026 Jamiyat
88 0

Foto: Akmal Muhammadov/“Xalq soʻzi”

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-oktyabrdagi “Temiryoʻl sohasini tubdan isloh qilish toʻgʻrisida”gi 329 sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, “Oʻztemiryoʻlyoʻlovchi” AJ hamda “Temir yoʻl vokzallari” MCHJ tomonidan temir yoʻl vokzallarida yoʻlovchilarga qulayliklar yaratish, ularga sifatli servis xizmatlar koʻrsatish, tadbirkorlar faoliyat yuritishi uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda.

Foto: Akmal Muhammadov/“Xalq soʻzi”
Foto: Akmal Muhammadov/“Xalq soʻzi”

Joriy yilning 14-aprel kuni, “Toshkent janubiy” temir yoʻl vokzalida yoʻllovchilar uchun yaratilgan qulayliklar va imkoniyatlar bilan yaqindan tanishtirish maqsadida OAV xodimlari uchun mediatur tashkil qilindi.

2017-yilda tubdan rekonstruksiya qilingan “Toshkent janubiy” temir yoʻl vokzali mamlakatimizning eng katta vokzallaridan biri hisoblanadi. Bugungi kunda ushbu vokzaldan bir sutka mobaynida 19 ta yoʻnalishda 10 ming nafardan ortiq yoʻlovchi foydalanmoqda.

Foto: Akmal Muhammadov/“Xalq soʻzi”
Foto: Akmal Muhammadov/“Xalq soʻzi”

Jahon andozalariga mos yuqori servis xizmati koʻrsatishga moʻljallangan VIP va kutish zali shinam, barcha qulayliklarga ega hamda televizion axborot vositalari bilan jihozlangan. Shuningdek, “Ona va bola” xonasi, elektron kutubxona, WiFi internet xizmati, tibbiyot xonasi, qoʻl yuki aravachasi, nogironlar aravachasi, mobil qurilmalar uchun quvvatlantirish manbai, elektron maʼlumotlar tablosi, zamonaviy lift yoʻlovchilar xizmatida. Iqlim musaffoligini taʼminlab turadigan 14 metrlik ikkita zamonaviy favvora vokzalga oʻzgacha koʻrk bagʻishlab turibdi.

Foto: Akmal Muhammadov/“Xalq soʻzi”
Foto: Akmal Muhammadov/“Xalq soʻzi”

“Toshkent-janubiy” vokzalida yoʻlovchilar uchun quyidagi yangi qulayliklar mavjud:

  • Vokzalda yoʻlovchilarni kuzatib keluvchi hamrohlariga temir yoʻl vokzalining perron hududigacha bemalol hech qanday hujjatlarsiz kirish imkoniyati;
  • Vokzal hududida qator avtoturargoxlar hamda avtomashinalar vokzalning kirish eshigi hududigacha harakatlana olishi joriy etildi;
  • Texnologik xizmat koʻrsatish: poyezdlar haqida tezkor maʼlumot beruvchi elektron tablolari va zamonaviy terminallar soni koʻpaytirildi.
Foto: Akmal Muhammadov/“Xalq soʻzi”

Vokzalda 100 nafarga yaqin ishchi-xizmatchi yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatadi. Ushbu vokzaldan Toshkent – Xiva, Toshkent – Buxoro, Toshkent – Shovot, Toshkent – Andijon –Termiz, Toshkent – Qoʻngʻirot, Toshkent – Termiz, Toshkent – Sariosiyo, Andijon – Olot, Andijon – Toshkent – Urganch, Andijon – Xiva kabi mahalliy yoʻnalishlarga qatnovlar amalga oshirilmoqda.

Foto: Akmal Muhammadov/“Xalq soʻzi”
Foto: Akmal Muhammadov/“Xalq soʻzi”

Toshkent – Chinorkent, Toshkent – Xovos, Toshkent – Bekobod, Toshkent – Sirdaryo, Toshkent – Guliston yoʻnalishi boʻyicha qatnovchi shaharlararo poyezdlar ham ushbu vokzaldan qatnaydi. Shuningdek, yoʻlovchilar xavfsizligini taʼminlash maqsadida vokzal orqali oʻz manzillariga ketuvchi yoʻlovchilarni zamonaviy metall ramka hamda mavjud boʻlgan qoʻl yuklarini intraskop apparatlari orqali tekshiruvdan oʻtkazib, xavfsiz hududga kirishlari taʼminlanadi.

Bugun ushbu vokzalda yoʻlovchilar uchun yana bir qulaylik yaratildi. Vokzal hududida “Qoʻnoq South Railway Hotel” mehmonxonasi faoliyatini boshladi. Mazkur mehmonxona binosi ijara huquqi asosida olingan boʻlib, 2025-yilda 488 kvadrat metr maydon uchun oʻtkazilgan e-auksion elektron savdo platformasida “QOʻNOQ HOTELS” MCHJ gʻolib deb topilgan.

Foto: Akmal Muhammadov/“Xalq soʻzi”
Foto: Akmal Muhammadov/“Xalq soʻzi”

Mehmonxonada 70 kishilik yashash joylari mavjud boʻlib, 1 ta lyuks xona, 1 ta delyuks xona, 2 ta tripl xona, 1 ta standart xona, 2 ta “xostel“ xonalar mavjud. Shuningdek, vokzal yoʻlovchilari va sayyohlar uchun qulaylik yaratish, ularning ogʻirini yengil qilish maqsadida 2 ta xostel xona ham tashkil etilgan. Ushbu xonalar arzonligi va qulayligi bilan poytaxt mehmonlari uchun munosib va manfaatli yechim boʻlib xizmat qiladi.

Mehmonxonada mehmonlarga ertalabki shved stoli usulidagi nonushta taqdim etiladi. Bundan tashqari, mehmonxona hududida reseption, shinam va zamonaviy kafe tashkil etilgan boʻlib, ular 24 soat davomida xizmat koʻrsatadi. Mazkur mehmonxonaning ishga tushirilishi Janubiy vokzal hududida yoʻlovchilar, sayyohlar hamda shahrimiz mehmonlariga zamonaviy va sifatli mehmonxona xizmatlarini koʻrsatish imkonini yanada kengaytiradi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер