Jizzaxda korrupsiyaga qarshi kurashish va profilaktika ishlari samaradorligi oʻrganildi
Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanida Senatning Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasi raisi Abdulhakim Eshmuratov boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan 2025-yil 20-may kuni mazkur tumanda oʻtkazilgan Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi yigʻilishida belgilangan vazifalar ijrosi oʻrganildi.
Oʻrganishlar doirasida tuman mahallalarida xavfsiz muhitni shakllantirish, kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish, ijtimoiy profilaktika tizimini kuchaytirish hamda korrupsiyaga, jumladan, maishiy korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar holati tahlil qilindi.
Shuningdek, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, mutasaddi tashkilotlar, “mahalla yettiligi” vakillari, mahalla faollari hamda jamoatchilik ishtirokida joylarda erishilgan natijalar va mavjud kamchiliklar muhokama qilindi.
Ishchi guruh aʼzolari tumandagi “Togʻchilik” mahallasida boʻlib, profilaktik chora-tadbirlar samaradorligini oshirish, aholi bilan yaqin muloqotni kuchaytirish, jinoyatchilikka sabab boʻlayotgan omillarni bartaraf etish, davlat xizmatlarini koʻrsatishda ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash, shuningdek, maishiy korrupsiya holatlarining oldini olish masalalariga alohida eʼtibor qaratdi.
Oʻrganishlar yakunida mahallalarda jinoyatchilikning oldini olish, uni keltirib chiqarayotgan shart-sharoitlarni bartaraf etish, maishiy korrupsiya holatlarining oldini olish hamda tadbirkorlar uchun qulay ishbilarmonlik muhitini yaratishga qaratilgan tegishli taklif va tavsiyalar berildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston Respublikasi xalq artisti Farrux Zokirov ijodini keng targʻib qilish hamda yosh avlodga munosib yetkazish toʻgʻrisida
- Zakirov Farrux Karimovichni “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlash toʻgʻrisida
- Oʻzbekiston xalq artisti Farrux Zokirov sharaflandi
- Eronda internet uzilishi 47 kundan beri davom etmoqda
- Polsha bilan ikkinchi jahon urushi tarixi boʻyicha hamkorlik kengaytiriladi
- WSJ: Yevropa AQSHning NATOdan ehtimoliy chiqishiga qarshi zaxira mudofaa rejasini ishlab chiqmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring