Yaxshi niyatda ekilgan har bir koʻchat – bu hayot, bu – toza havo, bu – sogʻlom muhit, bu – kelajak demak
Avval xabar qilinganidek, kecha Prezidentimiz ishtirokida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida koʻchat ekish tadbirlari boʻlib oʻtdi. Ezgu tashabbus davomida Milliy dendrologiya bogʻini barpo etishga kirishildi.
Tadbirda mamlakatimizning barcha hududlari qatori Fargʻona viloyati ham videoaloqa orqali ulanib, keng miqyosda yashil hududlar tashkil etish ishlari amalga oshirildi.
Ayni jarayonda shahar-tumanlarda ham mevali va manzarali daraxtlar ekilib, mahallalar, mehnat jamoalari va aholi xonadonlarida koʻchat ekish tadbirlari uyushqoqlik bilan oʻtkazildi. Xususan, viloyat markazidan tortib eng olis mahallalarda ham yangi bogʻlar, koʻkalamzorlashtirilgan va yashil hududlar barpo etildi.

Shu kuni Fargʻona tumanining “Yuqori archa” MFY hududidagi 60 gektar maydonda “Yashil bogʻ” va “Yashil belbogʻ” tashkil etildi. Daraxt ekish ishlarida Fargʻona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov, viloyatdagi davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, nuroniylar, yoshlar, senator va deputatlar qatnashdilar.
—Bugun ushbu hududdagi 10 gektar yerga 5 ming tupdan ziyod manzarali daraxt koʻchatlari ekildi,—deydi Fargʻona viloyati ekologiya va iqlim oʻzgarishi bosh boshqarmasi boshligʻi Alisher Ahmedov.—Tantanali tadbirda davlatimiz rahbari juda ham oʻrinli eʼtirof etganlaridek, “Yaxshi niyatda ekilgan har bir koʻchat bu – hayot, bu – toza havo, bu – sogʻlom muhit, bu kelajak demak”.

Quvonarlisi, umummilliy loyiha doirasidagi ishlar koʻlami yildan yilga kengayib bormoqda. Oʻtgan yilning bahor mavsumida viloyatda 5 million 606 ming tup koʻchat ekilgan boʻlsa, joriy yilning oʻtgan davrida mazkur koʻrsatkich 6 million 150 ming tupga yaqinlashdi. Birgina kechagi kunning oʻzida viloyat boʻylab 60 ming tupdan ortiq daraxt ekilgani eʼtiborga molik.
Aytish joiz, “Yashil makon” umummilliy loyihasi boʻyicha joriy yilda Fargʻona viloyatida 15 million 245 ming tup mevali va manzarali daraxt ekish rejalashtirilgan.
Botir MADIYOROV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston Respublikasi xalq artisti Farrux Zokirov ijodini keng targʻib qilish hamda yosh avlodga munosib yetkazish toʻgʻrisida
- Zakirov Farrux Karimovichni “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlash toʻgʻrisida
- Oʻzbekiston xalq artisti Farrux Zokirov sharaflandi
- Eronda internet uzilishi 47 kundan beri davom etmoqda
- Polsha bilan ikkinchi jahon urushi tarixi boʻyicha hamkorlik kengaytiriladi
- WSJ: Yevropa AQSHning NATOdan ehtimoliy chiqishiga qarshi zaxira mudofaa rejasini ishlab chiqmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring