Navoiy viloyati imkoniyatlari “The Investor” jurnali eʼtiborida
Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov “The Investor” xalqaro jurnalining bosh muharriri Leandro Slovinski bilan Zoom platformasi orqali muloqot oʻtkazdi.
Muloqotda Navoiy viloyatining iqtisodiy rivojlanishi, ijtimoiy sohadagi oʻzgarishlar hamda yashil energetika yoʻnalishida amalga oshirilayotgan loyihalar haqida atroflicha soʻz yuritildi.
Shuningdek, Navoiy viloyatidagi keng koʻlamli oʻzgarishlar, investorlar uchun sharoit va imkoniyatlar hamda infratuzilmaning rivoji, hududning investitsion jozibadorligi alohida taʼkidlandi.
Leandro Slovinski oʻz faoliyati davomida koʻplab davlat rahbarlari, vazirlar va yirik kompaniyalar rahbarlari bilan intervyular oʻtkazgan tajribali jurnalist sifatida Navoiy viloyatining bugungi taraqqiyotidan mamnunligini eʼtirof etdi.

Muloqot yakunida viloyatning investitsion imkoniyatlarini xalqaro miqyosda keng targʻib qilish va hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Maʼlumot oʻrnida taʼkidlash joiz, “The Investor” jurnali dunyoning 48 mamlakatida tarqatilib, 80 mingdan ortiq nusxada chop etiladi. Raqamli varianti esa bir milliondan ortiq kishining eʼtiborini jalb etadi.
Temur ESHBOYEV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston Respublikasi xalq artisti Farrux Zokirov ijodini keng targʻib qilish hamda yosh avlodga munosib yetkazish toʻgʻrisida
- Zakirov Farrux Karimovichni “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlash toʻgʻrisida
- Oʻzbekiston xalq artisti Farrux Zokirov sharaflandi
- Polsha bilan ikkinchi jahon urushi tarixi boʻyicha hamkorlik kengaytiriladi
- Eronda internet uzilishi 47 kundan beri davom etmoqda
- WSJ: Yevropa AQSHning NATOdan ehtimoliy chiqishiga qarshi zaxira mudofaa rejasini ishlab chiqmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring