Yirik ekologik loyiha: yiliga 421 ming m³ suv iqtisod qilinadi
“Oʻzbekneftgaz” AJ tizimidagi Shoʻrtan gaz kimyo majmuasida yangi ekologik loyiha amalga oshirilmoqda. Loyiha doirasida oqova suvlarni chuqur tozalash va qayta foydalanish tizimi joriy etiladi.
Qayd etilishicha, ilgari tozalash imkoniyatlari cheklangani sabab suvning bir qismi tashqi tarmoqlarga chiqarilar edi. Yangi texnologiyalar esa bu muammoni bartaraf etadi.

Modernizatsiya jarayonida yangi yogʻ tutgich inshooti quriladi va aktivlashtirilgan koʻmir filtrlari orqali zararli moddalar 10 barobarga kamaytiriladi. Natijada oqova suvlar toʻliq tozalanib, qayta ishlatiladi. Yiliga 421 ming m³ toza suv iqtisod qilinadi, tozalangan suvlar koʻkalamzorlashtirishga yoʻnaltiriladi.
Loyihaning qiymati 2,5 mlrd soʻmni tashkil etib, sarflangan mablagʻ resurs tejash hisobiga oʻzini oqlashi kutilmoqda.

Loyihani 2027-yil II choragiga qadar yakunlash rejalashtirilgan. Bu tashabbus ekologik barqarorlikni taʼminlash va “yashil iqtisodiyot”ni rivojlantirishda muhim qadam hisoblanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston Respublikasi xalq artisti Farrux Zokirov ijodini keng targʻib qilish hamda yosh avlodga munosib yetkazish toʻgʻrisida
- Zakirov Farrux Karimovichni “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlash toʻgʻrisida
- Oʻzbekiston xalq artisti Farrux Zokirov sharaflandi
- Polsha bilan ikkinchi jahon urushi tarixi boʻyicha hamkorlik kengaytiriladi
- Eronda internet uzilishi 47 kundan beri davom etmoqda
- WSJ: Yevropa AQSHning NATOdan ehtimoliy chiqishiga qarshi zaxira mudofaa rejasini ishlab chiqmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring