Texnikumlar va akademik litseylar uchun milliy reytinglar joriy etildi
Illyustrativ foto
Joriy yilning 15-aprel kuni Adliya vazirligi Oʻrta maxsus va kasbiy taʼlim tashkilotlarining milliy reytingini yuritish va kasbiy taʼlim tashkilotlarini ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi idoraviy hujjatni davlat roʻyxatidan oʻtkazdi (roʻyxat raqami 3816).
Hujjatga koʻra, texnikumlar va akademik litseylarning milliy reytinglari Taʼlim sifatini taʼminlash agentligi tomonidan alohida yuritiladi. Milliy reyting maʼlumotlari quyidagi manbalardan shakllantiriladi:
• vazirlik va idoralarning axborot tizimlaridagi maʼlumotlar;
• taʼlim tashkilotlari tomonidan kiritiladigan hujjatlar;
• umummilliy soʻrovnoma natijalari.
Har yili 10-oktyabrga qadar oʻtgan yil uchun milliy reyting natijalari eʼlon qilinadi.
Bunda, har yili 30-mayga qadar oʻquvchilar, pedagoglar va ish beruvchilar oʻrtasida umummilliy soʻrovnoma oʻtkaziladi.
Milliy reytingda eng yuqori oʻrinlarni egallagan 50 ta texnikum BHMning 3 000 baravari miqdorida ragʻbatlantiriladi hamda ragʻbatlantirish toʻlovi sifatida ajratilgan mablagʻlarni quyidagi maqsadlar uchun yoʻnaltirishga ruxsat beriladi:
• 80 foiz – moddiy-texnika bazasini mustahkamlash;
• 20 foiz – rahbar va xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston Respublikasi xalq artisti Farrux Zokirov ijodini keng targʻib qilish hamda yosh avlodga munosib yetkazish toʻgʻrisida
- Zakirov Farrux Karimovichni “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlash toʻgʻrisida
- Oʻzbekiston xalq artisti Farrux Zokirov sharaflandi
- Polsha bilan ikkinchi jahon urushi tarixi boʻyicha hamkorlik kengaytiriladi
- Eronda internet uzilishi 47 kundan beri davom etmoqda
- WSJ: Yevropa AQSHning NATOdan ehtimoliy chiqishiga qarshi zaxira mudofaa rejasini ishlab chiqmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring