Hokimlar oldiga har bir maktabda sport toʻgaraklari uchun sharoit yaratish vazifasi qoʻyildi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtayotgan videoselektor yigʻilishida maktablarda sport turi boʻyicha toʻgaraklar tashkil etish va murabbiylarni mahallalarga jalb qilish ishlarining ahvoli tahlil qilindi.
Masalan, Toshkent shahrining 15 ta maktabida toʻgaraklar “nomiga” tashkil qilingani uchun 3-4 nafar bola qatnayotgani koʻrsatib oʻtildi. Yoki oʻtgan yili Jizzax, Qashqadaryo, Fargʻonadagi maktab oʻquvchilarining toʻrtdan biri jismoniy tayyorgarlik boʻyicha minimal talabni bajara olmagan.
Hokimlar oldiga har bir maktabda sport toʻgaraklari uchun sharoit yaratish, toʻgaraklarga qamrovni oshirish vazifasi qoʻyildi.
Sport maktablari mahallama-mahalla yurib, iqtidorli yoshlarni topish oʻrniga haligacha oʻzi kelgan tayyor sportchi bilan ishlayotgani qayd etildi. Masalan, sport bazalari boʻyicha poytaxtdan keyin turadigan Samarqandda 100 ming yoshni professional shugʻullantirsa boʻladi. Amalda bu 3 karra kam. Navoiy, Surxondaryo viloyatlari ham bor quvvatini yarmidan foydalanmoqda, xolos.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston Respublikasi xalq artisti Farrux Zokirov ijodini keng targʻib qilish hamda yosh avlodga munosib yetkazish toʻgʻrisida
- Zakirov Farrux Karimovichni “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlash toʻgʻrisida
- Oʻzbekiston xalq artisti Farrux Zokirov sharaflandi
- Polsha bilan ikkinchi jahon urushi tarixi boʻyicha hamkorlik kengaytiriladi
- Eronda internet uzilishi 47 kundan beri davom etmoqda
- WSJ: Yevropa AQSHning NATOdan ehtimoliy chiqishiga qarshi zaxira mudofaa rejasini ishlab chiqmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring